“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
79
www.academiascience.uz
O‟ZBEKISTON SHAROITIDA LYOSSIMON GRUTLARNING KELIB
CHIQISHI
Odilova Yorqinoy Doniyor qizi
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Xalimova Shaxnoza Rahmidijanovna
Dotsent v.b. Toshkent davlat transport universiteti
Annotatsiya:
Inshootlarni loyihalashda, qurishda joylarning geologik sharoitini
aniqlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifa muhandis - geologik sharoiti
qiyin bo'lgan hududlar uchun ayniqsa zarur bo'lib, bunday joylarga cho'kuvchan
gruntlar tarqalgan mintaqalarni kiritish mumkin. Maqolada yo'l poyida
qo‘llaniladigan lyosslar, lyossimon gruntlar, ularning genezisi va xossalari keng
yoritilgan.
Kalit so‟zlar: :
grunt, lyoss, lyossimon, genetik tur, allyuvial, prolyuvial,
delyuvial, elyuvial, eol, flyuvioglyatsional (muz).
Lyoss so‘zi xalqaro atama bo‘lib, u 1823-yili nemis olimi K.G.Lesnard
tomonidan mineralogik va geologik adabiyotga kiritilgan. Lyoss so‘zi bo‘shoq,
uvalanadigan degan ma‘noni anglatadi. Yer qobig‘ida yotishi jihatidan lyoss ustki
yotqiziqlar hisoblanib, ular ko‘pgina inshootlarning zamini bo‘lib hizmat qiladi.
Lyoss tog‘ jinsining qalinligi bir necha sm dan bir necha o‘n metrga yetadi.
Tekis joylarda bu tog‘ jinsining qalinligi ko‘payib borsa, suv ayirgichlarga kelganda
ularning qalinligi kamayadi. Lyoss tog‘ jinslari ko‘pincha ikki turga,,Lyoss‖ va
―Lyossimon― tog‘ jinslariga ajratiladi. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari orasida lyoss va
lyossimon jinslar yer yuzida eng ko‘p tarqalgan tog‘ jinslari hisoblanib, ular hamma
qit‘alarda uchraydi. Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa lyoss va
lyossimon jinslarning asosiy tarqalgan yerlaridir.
Yer sharida lyoss va lyossimon tog‘ jinslari tarqalgan maydon 13 mln. km
2
maydonni egallaydi. Lyoss va lyossimon tog‘ jinslari asosan tekisliklarda, tog‘ oldi
hududlarida va tog‘ yonbag‘irlarida 1500 m balandlikkacha, O‘rta Osiyo tog‘larida
esa 4500 m balandlikkacha tarqalgan. Lyoss va lyossimon tog‘ jinslarining paydo
bo‘lishi haqida quyidagi nazariyalar mavjud: eol nazariyasi, prolyuvial nazariyasi,
delyuvial nazariya, allyuvial nazariya, elyuvial nazariya tuproq nazariyasi, kosmik
nazariya, dengiz nazariyasi, ko‘l nazariyasi [1].
a) b)
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |