Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o’rni.
O’zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog’liq uchta hodisa mavjud:
Gapda uyushgan so’zshakllar
Qo’shma gapdagi uyushiq gaplar
Uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo’lib, sodda gapga ham, qo’shma gapga ham
xosdir. Sodda gapda so’zshakllar uyushib kelsa, qo’shma gapda so’zshakllar,
sodda gaplar uyushib keladi.
Aytilganidek, uyushiklik ikki birlik (unsur)dan iborat bo’ladi:
Uyushtiruvchi unsur.
Uyushuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisalarida mavjud bo’ladi.
Xo’sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nimasi bilan farqlanadi?
Ma‘lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funktsional shakllangan
bo’lishi lozim. Shu bois ular kesimga ega bo’lib, bu kesim WPm (kesimlik
ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WP (semantik-funktsional
shakllangan gap) tarzida bo’lishi lozim. WPm sodda gaplarda bitta, qo’shma
gaplarda esa birdan ortiq bo’ladi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E +WPm]
2.Ukam rasm chizar edi va singlim televizor ko’rar edi gapining qolipi esa
quyidagicha: [E+WPm] va [E+WPm]
Ko’rinadiki, birinchi gapda WPm va uning kengaytiruvchilari majmui bitta,
ikkinchi gapda ikkita va ular o’zaro teng bog’lovchi yordamida bog’langan. Endi
uchinchi gapga diqqat qilaylik:
Ukam rasm chizar va singlim televizor ko’rar edi. Bu oldingi
gapimizdagi kesimlarning W qismlari o’zgarmasdan saqlanganligi va Pm
qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda W lar ikkita va
Pm bitta bo’lib, u ikkita W uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan
tashqariga chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagi ko’rinishi quyidagicha:
[((E1+W1)va(E2-W2 ))Pm]
Ko’rinadiki, bitta umumiy Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq W dan tashkil
topgan gaplar ham tilimizda mavjud. Bunday gaplar uyushgan gaplar deyiladi.
Yo’l-yo’lakay shuni aytib o’tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kismli
qo’shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz:
1. Bahor kelsa, bog’lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [((E1-
WPm)- (E2-WPm)-(E3-Pm)]
2.Bahor kelsa, bog’lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. (E1+WPm1)
((E2+WPm2)(E+WPm))
Bu ikkala gap uyushiq qismli qo’shma gapdir. Birinchi gapda ergash gaplar
(Bahor kelsa, bog’lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi
gapda esa bosh gaplar (bog’lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va
ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishlidir. Bular uyushiq gaplardir.
Ma‘lum bo’ladiki, uyushiq gaplar qo’shma gaplar tarkibida bo’ladi.
Uyushgan gaplar esa o’zbek tilida sodda va qo’shma gaplar orasidagi alohida
sintaktik qurilmadir. U kesimdagi W si birdan ortiqligi bilan qo’shma gapga,
Pmning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi.
Sodda va qo’shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan
kesimning mavjudligidir. Eganing bor-yo’qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi
ahamiyatsizdir. Uyushgan gaplarni belgilashda esa bosh omil ikkita:
Bitta shakllangan kesimning mavjudligi.
Birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi.
Bu xususiyatlari bilan uyushgan gaplar egali sodda gaplardan ham (Jahongir,
Jamshid, Isroil o’qidi), uyushiq kesimli sodda gaplardan ham (egasi yo’q yoki bor
bo’lsa bitta, kesimning lug’aviy qismi birdan ortiq, Pm qismi bitta - (Ular borgan
va ko’rgan edilar, qolipi [W-W] Pm]) farqlanadi.
Shakl vazifaviy talqinda uyushiq kesimli sodda gaplarda, demak, ega bitta
Pm qismlari umumiy bo’lgan kesimlar birdan ortiq bo’ladi. Aytilganlar asosida
sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo’shma gap, uyushiq kesimli qo’shma gap
va uyushgan gaplarning eng kichik struktur sxemalarini beramiz: (Qulaylik uchun
eng kichik qurilish qoliplarini berish ma‘qul. Chunki, WPm da ular (W va Pm)
ning kengaytiruvchilari ham mujassamlangandir.
Sodda gap : [W Pm]
Uyushiq kesimli sodda gap : [W1 -W2]Pm
Qo’shma gap : [WPm - WPm]
Uyushgan qismli qo’shma gap [([WPm] [WPm]) [WPm]]
yoki: (WPm] ([WPm] [WPm]).
5. Uyushgan gap. [((E +W2) (E2+W2)) Pm]
Uyushgan gaplarga misollar keltiramiz: 1.Otam rais, onam brigadir bo’lgan
edi. 2.Do’kondorlarning ba‘zilari kitob o’qib, ba‘zilari tasbeh o’girib
ba‘zilari
esnab o’tirishardi. 3.Uning qo’llari ishda, ko’zi shudgorda, ammo xayoli
Zebixonda edi. 4. Chakkasi tirishib, ko’zi qizarib ketdi.
Uyushgan gapdagi umumiy bo’lak Pm ni har bir shakllanmagan W ga
alohida-alohida qo’shish bilan osongina qo’shma gap hosil qilish mumkin:
Qiyoslang: 1.CHakkasi tirishib, ko’zi qizarib ketdi - uyushgan gap. Chakkasi
tirishib ketdi va ko’zi qizarib ketdi - qo’shma gap.
Ayrim hollarda uyushgan gaplarda ham Pm nol shaklda bo’lishi mumkin: U
baroqqosh, ko’zi chaqchaygan, afti ishshaygan. Gap mazmundan nol shakl oxirgi
so’z shaklda ekanligi sezilib turibdi. Bunga gapni o’tgan zamonga aylantirish bilan
amin bo’lish mumkin: U baroqqosh, ko’zi chaqchaygan, afti burishgan edi.
Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro umumiyligi (va shu
asosda umumlashtiruvchi bo’lagi) turli xil bo’ladi:
Hamma qismlari xususiy (farqli) bo’lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo’lgan
uyushiq gaplar: Jamshid yozar, Isroil o’qir edi.
Xamma qismlari xususiy bo’lib, faqat kesimning lug’aviy qismi va kesimlik
qo’shimchalari umumiy bo’lgan uyushgan gaplar: Jamshid tez, Isroil sekin yozar
edi.
[WPm] va uning kengaytiruvchi bo’laklari umumiy bo’lib, faqat ega va
[WPm] kengaytiruvchsining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar:
Jamshid oq, Isroil qizil gul oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |