Uychi tumani iqtisodiyoti tarmoqlarida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar taxlili
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mtrziyoev tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”9 asosida, chuqur va har tomonlama o‘ylangan mamlakatni isloh qilish va modernizasiyalashning tadrijiy dasturi izchil amalga oshirilganligi natijasida 2017 yilda Respublikamizda bo‘lgani kabi, Uychi tumani iqtisodiyoti sohalarida ham barqaror o‘sish sur'atlari kuzatildi.Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yil yakuni bilan sanoat ishlab chiqarish hajmi 102,3 foizga, qishloq xo‘jaligi 100,6 foiz, qurilish pudrat ishlari 108,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 105,0 foiz va jami xizmatlar hajmi 101,6 foizga o‘sib, iqtisodiy mutanosiblikka erishildi.(2.1.1-jadval)
2.1.1-jadval
Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Қўрсаткич номи
|
Ўлчов
|
Ҳажми
|
Ўтган йилга нисбатан ўсиш суръати, %
|
бирлиги
|
2016 й.
|
2017 й.
|
2016 й.
|
2017 й.
|
Саноат маҳсулотлари
|
млрд. сўм
|
239,4
|
312,0
|
123,6
|
102,3
|
Халқ истеъмол моллари ишлаб чиқариш
|
млрд. сўм
|
103,5
|
120,1
|
118,7
|
102,3
|
Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари
|
млрд. сўм
|
292,7
|
354,7
|
104,3
|
100,6
|
Қурилиш-пудрат ишлари
|
млрд. сўм
|
104,5
|
154,2
|
105,3
|
108,2
|
Чакана товар айланмаси
|
млрд. сўм
|
218,8
|
285,3
|
114,8
|
105,0
|
Жами хизматлар ҳажми
|
млрд. сўм
|
164,6
|
244,4
|
114,2
|
101,6
|
Экспорт
|
минг АҚШ долл.
|
14990,7
|
16739,6
|
141,7
|
112,4
|
Импорт
|
минг АҚШ долл.
|
12505,3
|
12140,7
|
93,8
|
100,2
|
Қўшма корхоналар сони
|
бирлик
|
7
|
|
х
|
|
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida tumanning tashqi savdo aylanmasi 2017 yilda 28,88 mln.dollarni tashkil etib, shundan, 16,74 mln.dollarlik mahsulotlarni eksportga chiqarildi yoki 2016 yilga nisbatan 112,4 foizga ko‘paygan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ularga har tomonlama berilayotgan e'tibor, sohani rivojlantirish bo‘yicha Xukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha Uychi tumanida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Kichik biznes sub'ektlarining yalpi xududiy maxsulotdagi ulushlari sanoat tarmoqlarida 81,8 foiz, qurilishda 98,4 foiz, pullik xizmatda 84,6 foiz, savdoda 99,7 foiz, asosiy kapitalga investisiya kiritishda 53.8 foiz, qishloq xo‘jaligida esa 98,7 foiz, eksportdagi ulushi 90,0 foiz, importdagi ulushi 51 foizni tashkil etdi.
9 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risi”da. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda 2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 4,1 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,6 foizga o‘sishiga erishildi. 2017 yilning yanvar-dekabr' oylari yakuni bilan tumandagi kichik biznes sub'ektlari tomonidan qariyib 15065,6 ming. AQSh dollar miqdoridagi tovar va xizmatlar eksportga chiqarilib, o‘sish sur'ati 2017 yilning shu davriga nisbatan 103,6 foizga ko‘payishga erishildi. Tumanda 2017 yil 1 yanvar' xolatiga yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturiga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 1068 ta ish o‘rinlari yaratilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 47 taga ko‘pdir. Yaratilgan yangi ishchi o‘rinlarining 66 tasi mavjud korxonalarni kengaytirishva quvvatlarini yangilash,367 tasi mikrofirma va kichik korxonalar tashkil etish, 100 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, 462 tasi uy mexnatini shakillarini tashkil etish, 388 tasi xizmat ko‘rsatish va servis soxasi xisobiga, 27 tasi ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga 46 tasi boshqa yo‘nalishlar xisobiga tashkil etildi. Kichik biznes sub'ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanda 19 ta tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 3 ta tijorat banklari hamda 2 ta minibanklar, 1 ta axborot-maslahat va konsalting markazi, 3 ta sug‘urta kompaniyalari vakilligi, 8 ta o‘qitish markazlari, 1 ta tovar hom ashyo birjasining savdo maydonchalari va 1 ta brokerlik xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tumanda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida 2017 yil davomida asosiy kapitalga tijorat banklari tomonidan 89196,3 mln. so‘m investisiyalar yo‘naltirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |