8.4. Maishiy iste’molchilar (aholi) bilan foydalanilgan elektr energiyasi
uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Maishiy iste’molchilar (aholi) xonadonlarda, yordamchi xo’jaliklar, shaxsiy
foydalaniladigan tomorqa bog’ ob’ektlarida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan
elektr energiyasi uchun, turmushda qo’llaniladigan tok qabul qilgichlarning quvvati
va vazifasidan hamda hisobga olish priborlarining o’rnatilgan joyidan qat’i nazar,
aholi uchun belgilangan yagona bir stavkali tarif bo’yicha haq to’laydilar.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi
yetkazib berish elektr ta’minoti shartnomasi asosida va oldindan to’langan to’lov
miqyosida amalga oshiriladi.
Maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif
qiymatidan ortiqcha biror-bir qo’shimcha mablag’ undirish taqiqlanadi.
Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda Elektr
energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga
ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari uy-joy egasi tomonidan sotib
olinadi, uning hisobiga davlat qiyoslashidan o’tkaziladi va ro’yxatdan o’tkazish
uchun elektr tarmoqlari korxonasiga topshiriladi.
226
Hisobga olish pribori uy-joy yoki xonadon egasining buyurtmanomasiga
binoan bir hafta muddatda, uning ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining
vakili tomonidan o’rnatiladi.
Maishiy iste’molchilarda mavjud bo’lgan hisobga olish priborlarini
almashtirish hamda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini elektron hisobga olish
priborlarini o’rnatish (yangidan ulanadigan iste’molchilardagidan tashqari) hududiy
elektr tarmoqlari korxonasining mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hisobga olish priboriga ega bo’lmagan va biror-bir sababga ko’ra mazkur
turar joyda vaqtinchalik yashamayotgan maishiy iste’molchi hududiy elektr
tarmoqlari korxonasini bu to’g’rida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Xonadonlar, xususiy uylar, bog’ uchastkalari, garajlarda yakka tartibda
tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi maishiy iste’molchilar foydalanilgan elektr
energiyasi uchun tadbirkorlik faoliyatining (savdo, xizmatlar ko’rsatish, tovarlar
ishlab chiqarish va boshqa) turi bo’yicha elektr energiyasi iste’molchilarining tarif
guruhiga muvofiq haq to’laydilar.
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan elektr energiyasi
bo’yicha hisob-kitoblar uchun alohida hisobga olish pribori o’rnatilishi zarur.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste’molchi bilan elektr
ta’minoti shartnomasini tuzadi va unga belgilangan namunadagi hisob-kitob
daftarchasini beradi, u bo’yicha elektr energiyasi uchun haq to’lanadi. Hisob-kitob
daftarchasining har bir varag’i kvitantsiya va bildirishnomadan iborat bo’lib, ularda
maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqami muhr bilan tushirilgan bo’lishi kerak.
To’lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitantsiya) bir xilda,
aniq, o’chirib yozishlarsiz to’ldirilishi kerak. To’lov hujjatlarida familiya, manzil,
to’lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisobga olish priborining ularga muvofiq
bo’lgan ko’rsatkichlari, ko’rsatkichlar tafovuti va to’lov summasi ko’rsatilishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste’molining
shartnomadagi miqdori bo’yicha yoki oldingi davr uchun amaldagi elektr energiyasi
iste’molining hajmi to’g’risidagi ma’lumotlarga asosan to’lov schyotini yozish
227
huquqiga egadir, maishiy iste’molchining hisob raqamida bu haqda tegishli ravishda
qayd qilinadi. Bunda hisobga olish priborlaridan ko’rsatkichlar yozib olingandan
keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalari bilan
jihozlangan uylarda yashovchi maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun tegishli
tarif bo’yicha haq to’laydilar.
Maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan
elektr energiyasi miqdori iste’molchilardagi hisobga olish priborining ko’rsatkichlari
bo’yicha aniqlanadi.
Hisobga olish priborlaridan ko’rsatkichlarni yozib olish va to’lov hujjatlarini
amaldagi tarif bo’ycha yozib berish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili
yoki iste’molchining o’zi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar to’lov hujjati (bildirishnoma) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining
vakili tomonidan to’ldirilsa, u maishiy iste’molchiga topshiriladi, u bo’lmagan
taqdirda esa - u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi voyaga yetgan
istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali
jo’natiladi.
Agar navbatdagi aylanib chiqishda hisobga olish pribori o’rnatilgan xona
yopiq bo’lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili to’lov hujjatini oldingi
davr uchun amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi to’g’risidagi
ma’lumotlar asosida yozadi, bu haqda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob
raqamida tegishli belgi qayd etiladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili, u tegishli amal qilish muddati
ko’rsatilgan, ismi-sharifi yozilgan guvohnomaga ega bo’lgan taqdirda, xonadondagi
hisobga olish priborlarini soat 8.00 dan boshlab soat 20.00 gacha to’sqinliksiz
tekshirib ko’rish huquqiga egadir.
Elektr energiyasi uchun haq to’lash maishiy iste’molchi tomonidan aholidan
to’lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali har oyning 10-kunigacha
amalga oshiriladi.
228
Elektr energiyasi uchun oldindan haq to’lash qurilmasiga ega bo’lgan hisobga
olish priborlari o’rnatilgan maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun haq
to’lashni oldindan haq to’lash asosida amalga oshiradilar.
To’lov hujjatlarini yozish va haq to’lash paytida yo’l qo’yilgan xatolar,
ularning aniqlanishiga ko’ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo
muddati mobaynida hisobga olinadi.
Bank hujjatida ko’rsatilgan sana to’lov amalga oshirilgan vaqt bo’lib deb
hisoblanadi.
Agar to’lov hujjatlarida ko’rsatilgan summalar o’rtasida nomuvofiqlik mavjud
bo’lsa, u holda bank hujjatida ko’rsatilgan (bank shtampi qo’yilgan) summa qabul
qilinadi.
Aholidan to’lovlarni qabul qiladigan tashkilot (tijorat banklarining bo’limlari,
"O’zbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik jamiyatining bo’limlari va aholidan
to’lovni naqd mablag’lar bilan qabul qilib olish punktlari) to’lov hujjatlarini o’ram,
banderollar va elektron reestrlarga jamlaydilar.
Har qaysi banderolda (bank bo’limi tomonidan ma’lum davrda qabul qilib
olingan maishiy iste’molchilarning to’lov hujjatlari to’plamida) hududiy elektr
tarmoqlari korxonasiga berish vaqtida yorliq bo’lishi lozim, yorliqda quyidagilar
ko’rsatilgan bo’lishi kerak:
banderolni shakllantirish boshlangan va tugallangan sana;
banderoldagi hujjatlar soni;
qabul qilib olingan to’lovlarning umumiy summasi;
kassa xizmati ko’rsatilganligi uchun to’lov sifatida ushlab qolingan summa;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga o’tkaziladigan summa.
Bunda aholidan to’lovni qabul qilib oluvchi tashkilotlar, shartnomada
belgilangan muddatlarda, elektr energiyasi uchun to’lov sifatida kelib tushgan pul
mablag’larini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga o’tkazilishini ta’minlashi shart.
Maishiy iste’molchilar to’lov bo’yicha qarzdor bo’lishganda, to’lov muddati
o’tgan har bir kun uchun to’lov muddati o’tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin
229
muddati o’tgan to’lov summasining 50 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda penya
to’laydilar.
Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto’g’ri qo’llash tufayli paydo bo’ladigan kam
va ortiqcha to’lovlar tegishli tarif bo’yicha kVt.soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, ularning aniqlanishiga qarab, da’vo
muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bo’yicha, ko’rsatkichlardagi tafovut yoki
qo’shimchalar bilan hisobga olinadi.
Tarif o’zgarganda tarif o’zgargan sanagacha iste’mol qilingan elektr
energiyasi hajmi oldingi to’lov vaqtidan boshlab o’rtacha sutkalik iste’mol bo’yicha
aniqlanadi va unga eski tarif bo’yicha haq to’lanadi. Hisobga olish priborlarining
ko’rsatkichlari to’lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.
Maishiy iste’molchi, o’z xohishiga ko’ra, 12 oydan ko’p bo’lmagan muddat
uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to’lab qo’yishi mumkin, bu
holda tarif o’zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Maishiy iste’molchida amaldagi elektr energiyasi iste’moli ko’rsatkichlarini
kamaytirish maqsadida hisobga olish priborini ulash sxemasi o’zgartirilgani, uning
(iste’molchi aybi) bilan buzilgani yoki yo’qligi, plombalar ko’chirilgani, elektr qabul
qilgichlar hisobga olish priboridan tashqari ulangani va boshqa qoida buzilishlari
aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oxirgi tekshirish kunidan
boshlab o’tgan (lekin da’vo muddatidan ko’p bo’lmagan) davr uchun maishiy
iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi haqini qayta hisob-kitob
qilishi shart.
Bunda qayta hisob-kitob qilinishi iste’molchini elektr energiyasidan
foydalanish qoidalarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qayta hisob-kitoblar: yorituvchi tok qabul qilgichlarning quvvati va ularni
ishlatish soatlari soni bo’yicha; iste’molchida shtepsel rozetkalari bo’lganda (tok
qabul qilgichlar va rozetkalar sonidan qat’i nazar) - har sutkada 24 soat davomida
soatiga 600 Vt.quvvat foydalanilishi hisobidan; quvvati 600 Vt dan ortiq bo’lgan
isitish priborlari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish hollarida - iste’molchi
230
foydalanayotgan uskunalarning amaldagi quvvati bo’yicha, ularning har sutkada 24
soat ishlatilishi hisobidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan yo’l qo’yilgan
qoidabuzishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari va maishiy
iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi qo’shma dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste’molchiga beriladi va ayni bir vaqtda
ushbu Qoidalarni buzgan iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo’yiladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobga olinmagan elektr energiyasi
miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va to’lash uchun maishiy iste’molchiga
qo’shimcha to’lov hujjati yozib beradi.
Qoida buzilishi yuzasidan to’lov hujjatini yozishda, da’vo muddatini hisobga
olgan holda, amaldagi tarif qo’llanadi.
Maishiy iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan
norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu iste’molchini qoida buzish
dalolatnomasi bo’yicha yozilgan qo’shimcha to’lov hujjatidagi summani belgilangan
muddatda to’lashdan ozod qilmaydi.
Qo’shimcha to’lov hujjati bo’yicha haq 10 kun muddatda to’lanmaganda
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi maishiy iste’molchidan ko’rsatilgan summani
majburiy tartibda undirish to’g’risida sudga da’vo arizasi beradi.
Maishiy iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o’rtasida paydo
bo’ladigan nizoli masalalar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |