elementlari
quyidagilardan ibo-rat:
-
milliy valyuta;
-
konverterlash shartlari;
-
milliy valyuta pariteti;
-
milliy valyuta kursining rejimi;
-
valyutaviy chegaraning mavjudligi yoki chegaralanmaganligi, valyuta nazorati;
-
mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish tartibi;
-
xalqaro kredit mablag'laridan to'lov vositasi sifatida foydalanishi reglamenti;
-
mamlakatning xalqaro hisob-kitoblar reglamenti;
-
mahalliy valyuta va oltin bozorlarini faoliyat ko'rsatish rejimi (tartibi) ;
-
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soladigan va bosh-qaradigan mahalliy organlar.
Xalqaro valyuta tizimining elementlari:
jahon pulining funksional shakli;
valyutalarni o'zaro konvertirlash shartlari;
valyuta pariteti rejimining reglamenti;
davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish;
xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli;
xalqaro kredit mablag'lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari;
xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo'llashning qoidalari;
xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi;
davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar.
Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi tashkil etadi. Ushbu valyuta tegishli
qonunchilik xujjatlari asosida mamlakatda yagona to'lov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro hisob-
kitoblarda qo'llaniladigan pul (milliy valyutalar) valyuta deb yuritiladi.
Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish
Klassik oltin standard (1815-1914 yy.)
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot
tarziga turlicha ta'sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XGX asrni torn ma'noda g'arb sivilizatsiyasining oltin asri
yoki klassik oltin standard hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush
ham to'lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob-kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon
mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standard ostida birlashgan edi.
Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin
qiymatini o'lchov birligi bo'lib xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi-1/20 unsiya og'irlikka teng bo'lgan
oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa-oltinning j unsiya og'irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib,
ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat'iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy
valyutalari o'lchov birligiga bog'liq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan. Ya'ni, 1 funt (o'lchov birligi) doimo
16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o'lchov birligi) -4.86
dollarga teng bo'lgan.
Xalqaro oltin standard insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi
universal pul vazifasini o’tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining asosiy
sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida dollarning to'lov vositasi sifatida amal qilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat-taqsimotida, xalqaro kapital oqimida,
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda ko'rishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan
umumiy ekvivalent "maxsus tovar" sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu
jarayonlardagi o'rni unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki
bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun'iy inflyatsiyani
yuzaga kelishiga yo'l qo'ymasligi bilan birga, mamlakat to'lov balansining muvozanatini ta'minlagan.
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining ortishiga olib keladi. O'z navbatida
aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa importning o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi
mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past bo'ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan
qisqaradi. O'z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin
valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Shu o'rinda aytish joizki, bank depozitlarining sun'iy ravishda oshishi
va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham oltin-valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi.
Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar.
Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me'yorini saqlash lozim bo'ladi. Pul
taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta'minlanadi.
Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug'diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Bu holat o'zaro savdo-iqtisodiy munosabatda bo'lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati
ta'minlangunga qadar davom etadi.
O'z davrida davlatning oltin standard pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga
salbiy ta'sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat'iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida
iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini
o'matilishi, qonuniy to'lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo'yilganligi, qog'oz pullarni joriy etilishi va
inflyatsiyani rag'batlantirilishi kabi yo'nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan.
Davlatning pul muomalasiga ta'sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o'zgarishlar asosan
bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |