1.
Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar.
1.
Erkin ishlatiladigan valyutalar
2.
Xalqaro rezerv valyutalar
3.
Qattiq valyutalar va yumshoq valyutalar
Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida mamlakatlar o'rtasida xalqaro
mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi, xalqaro bozor-larning paydo bo'lishi, xo'jalik yuritishning xalqaro tizimini shaklla-nishi va xalqaro
iqtisodiy aloqalarning globallashuvi hamda internat-sionallashuvi asosiy omillardan bo'lib hisoblanadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy muno-sabatlarni rivojlanishi bilan bevosita bogiiq.
Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta munosabatlari o'rtasida bevosita va qarama— qar-shi aloqa mavjud
bo'lib, ular
xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy ka-pital va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida namoyon
bo'ladi.
Mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarining holati milliy va xalqaro
iqtisodiyotning rivojlanishi,
mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek, boshqa qator omillar bilan baholanadi.
Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va internatsionallashuvi sharoitida ichki ishlab chiqarish jarayonlar
tashqi omillarga bog'liq bo'lib qoladi. Jumladan, xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti, xorijiy
kapitalning migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar valyuta munosabatlari orqali tartibga solib boriladi. Xalqaro
valyuta
munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab
chiqarish jarayoniga salbiy tasir ko'rsatadi.
Mamlakatlar o'rtasida xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar-ning rivojlanishi
xalqaro valyuta
munosabatlarining shakllanishi va mazmunan rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o'z navbatida
valyuta tizimini shakllanishiga xizmat qildi.
Valyuta tizimi-
valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga solish shakli bo'lib, mahalliy qonunchilik
yoki xalqaro kelishuv asosida mustahkamlanadi. Xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda-milliy,
xalqaro va hududiy
valyuta tizimlari mavjudligi e'tirof etiladi.
Dastlab milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta tizimlari xalqaro amaliyotdagi normalarni
inobatga olgan holda mahalliy qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solinadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul
tizimini tashkil etib, erkin ravishda mamlakat hududidan o'zga hududlarda to'lov vositasini bajarishi mumkin.
Buning uchun qator omillar mavjud bo'lishi lozim. Xususan, milliy iqtisodiyotning
barqarorligi va
raqobatbardoshligi taminlangan bo'lishi, milliy valyutani sotib olish qobiliyati mustahkam bo'lishi, mamlakat
jahon xo'jaligida yuqori mavqei va reytingga ega bo'lishi kabilar shular jumlasidandir.
Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishining asosini mamla-katlarning milliy valyuta tizimi tashkil etadi
va mamlakatlar o'rtasida o'zaro kelishuvlar asosida mustahkamlanadi. Dastlabki xalqaro valyuta tizmining vujudga
kelishi 1850 yillarga to'g'ri keladi. Xalqaro valyuta tizimining
barqaror samarali amal qilishi, uning tegishli
tamoyillariga
rioya etilishi, mamlakatlar o'rtasida siyosiy iqtisodiy barqarorlik ta'minlanishini talab etadi, aks
holda xalqaro valyuta tizimi vaqti-vaqti
bilan inqirozga uchraydi, buning natijasida amaldagi valyuta tizimi
barham topib, uning o'rniga yangisi tashkil topadi.
Milliy va xalqaro valyuta tizimining amal qilishi, ularning elementlarida namoyon bo'ladi.
Milliy valyuta tizimining asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: