Haddan ortiq kredit
ekspansiyasi.
Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar
ta'minoti bo'yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar
miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog'liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga
misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida
yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.
Inflyatsiya.
Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo'nalishlar doirasida ta'sir etishi
mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg'arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va
passiv operatsiyalar tuzilishidagi o'zgarishlarni keltirish mumkin. Shuningdek, bunday holatda bank passivlariga
nisbatan (monand boimagan) uzoq muddatli aktivlarga ega bo'lgan bir qator moliyaviy institutlar qiyin ahvolga
tushib qoladilar. Mamlakatda o'rtacha narxlar darajasi oshib borayotgan bir sharoitda banklar depozit bazasi
mustahkamligini ta'minlash maqsadida depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirishga majbur bo'ladilar. Agarda
aktiv operatsiyalar bo'yicha daromadlilik darajasini oshirish cheklangan bo'lsa, u holda bank foydasining keskin
tushib ketishi kuzatiladi. Aksariyat mamlakatlar tajribasida o'rtacha narxlar darajasining yuqori o'sish sur'atlari
mayjud sharoitda banklar kredit shartnomalari muddatlarini qisqartirishga intiladilar. Banklarning fundamental
funksiyalaridan biri bu joriy jamg'armalarni uzoq muddatli investitsiyalarga aylantirishdan iborat. Kredit
shartnomalari bo'yicha muddatlarning qisqarishi iqtisodiy kon'yunkturadagi tebranishlarda banklarni himoyasiz
qilib, bank barqarorligirii zaiflashtiradi.
Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari vafoiz stavkalarining keskin tebranishi.
Bunday holatda banklar kredit
va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda
noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit
spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan. Bank
tizimida inqirozlar vujudga kelishining tashqi iqtisodiy omillariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, 1980 yillar
boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarda bank inqirozlari neft va boshqa asosiy eksport tovarlari narxining
tushib ketishi bilan bogiiqdir. Shuningdek, bank inqirozlarini keltirib chiqarishda Ronald Reygan ma'muriyatining
qat'iy inflyatsiyaga qarshi siyosati sharoitida G'arb mamlakatlari tomonidan tashqi qarzlarga xizmat ko'rsatish
bo'yicha foiz stavkalarining keskin oshishi ham muhim rol o'ynadi. Foiz stavkalarining keskin oshishi va milliy
valyutalarning keskin devalvatsiyasi banklar to'lovga layoqatsizligining kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |