Instruction Set – набор команд для работы с визуальными данными) – vizual ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan buyruqlar to‘plami.
UltraSPARC III protsessorning birinchi modeli 600 MGs chastotaga ega edi, uning qatorining kengligi 0,18 mkm-ga teng bo‘lib, tarkibida 29 000 000- ta tranzistor bor edi. Keyingi modellarda chastota 1,2 GGs-ga, qatorining kengligi esa 0,13 mkm-ga ega bo‘lgan. UltraSPARC III mikrosxemasi
chiqish- lar soni
1368-taga teng bo‘lgan
LGA (Land Grid Array) korpusiga joylashtiril- gan (3.20-rasm). Mikrosxemaning chiqishlari uning pastki qismida joylashgan 37*37 (jami 1369) o‘lchamli kvadrat matritsa shakliga ega. Mikrosxemani o‘rnatish paytida adashmaslik uchun, uning chap tomonida pastda joylashgan bitta oyoqchasi olib tashlangan holatda ishlab chiqarilgan.
3.20-rasm. UltraSPARC III protsessorining mikrosxemasi.
1,5 GGs chastotada ishlovchi Pentium 4 va 1,2 GGs chastotada ishlovchi UltraSPARC III protsessorlarini taktli chastotalari bo‘yicha solishtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. UltraSPARC III protsessori har bir sikl davomida – to‘rtadan buyruqni bajarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu esa uning tezligi bitta siklda bitta buyruqni bajara oladigan 4,8 GGs taktli chastotaga ega protsessor tezligiga teng deganidir. Bundan tashqari UltraSPARC III turli xil buyruqlarni ba- jaruvchi
oltita konveyerga ega. Ushbu konveyerlarning ikkitasi 14 sathli kon- veyerlar bo‘lib, ular yordamida butun sonlar ustida amallar bajarilishi mumkin. Keyingi ikkita konveyer yordamida esa suriluvchi nuqtali sonlar ustida amallar bajariladi. Beshinchi koveyer yuklash/saqlash amallarini va oltinchi konveyer esa kelayotgan buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlab berish amallari bajarish uchun ishlatiladi. UltraSPARC III protsessorida unumdorlikni oshirish imkonini beruvchi o‘ziga xos –
keshlash texnologiyasi ham amalga oshirilgan. Bu erda shuni ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi – Pentium 4 protsessori ham o‘zining ustun tamonlariga egadir. Turli xil maqsadlar uchun mo‘ljallangan turli
96
xil protsessorlarni, taktli chastotalari asosida solishtirish – ularda bajariladigan ma’lum bir masalalarni yechish qanday yo‘lga qo‘yilganligi haqida aniq na- tijalarni bermaydi.
UltraSPARC III protsessori ikkita blokka joylashtirilgan birinchi sath kesh xotirasiga ega. Bu kesh xotira buyruqlar uchun mo‘ljallangan 32 Kbaytli va ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan 64 Kbaytli bloklardan tashkil topgan. Ushbu protsessorda, har biri 2 Kbayt hajmga ega bo‘lgan – avvaldan tanlash va yozib qo‘yish kesh xotiralari ham bor.
Yozib qo‘yish kesh xotirasi birinchi sath kesh xotirasidagi ma’lumotlarni, katta-katta hajmdagi bloklar ko‘rinishida ikkinchi sath kesh xotirasiga uzatib beradi. Bu – protsessor va kesh xotiralar o‘rtasidagi o‘tkazish qobiliyatini opti- mallashtirish uchun amalga oshirilgan.
UltraSPARC III protsessori ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi, Penti- um 4 protsessori kesh xotirasiga nisbatan ancha katta, va unda bu kesh xoti- raning hajmini o‘zgartirish imkoniyati ham bor. Ushbu protsessorning ikkinchi sath kesh xotirasi 1 Mbaytdan 8 Mbaytgacha o‘zgartirilishi mumkin. Pentium 4 protsessorida ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi o‘zgarmas bo‘lib, u 512 Kbaytga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: