3.7-rasm. Intel 8088 protsessorining ichki registrlari.
Kodlar yoziladigan segment bilan bir qatorda, dasturni ishlashi davomida unga kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni o‘zida saqlash uchun mo‘ljallangan –
ma’lumotlar segmenti ham ishlatilishi mumkin (yoki ish- latilmasligi ham mumkin). Ma’lumotlar segmentining maksimal hajmi ham 64 Kbaytga teng bo‘lib, ushbu segmentning boshlang‘ich adresi
DS - ma’lumotlar segmenti registri yordamida ko‘rsatiladi, ya’ni unga yozilgan bo‘ladi. DS - registriga yozilgan qiymatni o‘zgarish bilan xotiraning boshqa qismida joylashgan segmentga murojaat qilish mumkin bo‘ladi. 16-razryadli CS va DS registrlar yordamida 1 Mbaytli asosiy xotira che- garasida ma’lumotlarni yozish (yoki o‘qish) amalga oshiriladi. Intel 8088 protsessorining registrlari ham 16 razryadga ega.
81
3.8-rasm. 8088 trasserining darchalari.
Protsessorning qolgan registrlarida ma’lumotlar yoki asosiy xotirada yozilgan ma’lumotlar o‘rnini ko‘rsatuvchi axborotlar saqlanadi. Assembler dasturlari yordamida ushbu registrlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish mumkin. Protsessorlar tarkibida registrlar bilan birga, kompyuterni ish- lashi uchun kerak bo‘ladigan boshqa apparat vositalar – yordamchi sxe- malar, arifmetik-mantiqiy qurilmalar va boshqa shu kabi qurilmalar mavjud. Dasturchi ushbu apparat vositalarga buyruqlar yordamida muro- jaat qila olishi mumkin.
Intel 8088 protsessorining ishlashi, boshqa hisoblash vositalari kabi
buyruqlarni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Alohida olingan buyruqning bajarilishi esa
bir-nechta bosqichlardan ibo- rat bo‘ladi. Bu bosqichlarning to‘liq ketma-ketligi
protsessor sikli deb ata- ladi. Protsessor sikli quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1. Buyruqlar sanagichi registri – PC yordamida asosiy xotiraning ko- dlar yozilgan segmentidan bajarilishi kerak buyruq tanlab olinadi.
2. PC ning qiymati – 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi.
3. Tanlab olingan buyruq dekodlanadi, ya’ni qanday buyruq ekanligi aniqlanadi.
82
4. Buyruqni bajarish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar xotiradan va (yoki) registrlardan tanlab olinadi.
5. Buyruq bajariladi.
6. Buyruqni bajarilishi natijalari xotiraga va (yoki) registrlarga yozib
qo‘yiladi (saqlanadi).
7. Keyingi buyruqni bajarish jarayoni boshlanadi, ya’ni keyingi si-
klga o‘tiladi – 1-inchi qadamga qaytish bilan.
Assembler tilida dasturlar yozuvchi dasturchi nuqtai nazaridan Intel
8088 protsessorida 14-ta ichki registrlar ko‘zda tutilgan hisoblanadi (3.7- rasmga qaralsin). Ushbu registrlar ko‘p sonli buyruqlar tomonidan ishlati- ladigan, o‘ta katta tezlikka ega xotira vazifasini bajaradi. Ularga yozi- ladigan (saqlanadigan) natijalarning qiymatlari juda katta tezlikda o‘zgarib turadi. 3.7-rasmda keltirilgan registrlar bilan 3.8-rasmda keltirilgan trasser darchalarida o‘xshashlikni yaqqol ko‘rish mumkin.
Protsessorning registrlari bir-nechta guruhlarga bo‘linadi (3.9-rasm):
1. Umumiy tayinlanadigan registrlar guruhi.
2. Ko‘rsatgich registrlar guruhi.
3. Segmentlarni ko‘rsatuvchi registrlar.
4. Bayroqlar registri.
5. Buyruq adresini ko‘rsatuvchi registr.
3.9-rasm. Intel 8088 protsessori ichki registrlarining guruhlari
83