O’qitish faoliyati:
1. Sharafli ustozlar;
2. Soxta ustozlar.
Pedagogik ta’sir ko’rsatish va o’qitish usullari:
1. Talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash;
2. Suhbat, savol-javob, imtihon.
O’qish faoliyati:
1. Munosib shogirdlar;
2. Uquvsiz, beparvo shogirdlar.
... Rumiy ustoz faoliyatiga baho berar ekan: “Bilim berguvchi bilim olguvchiga bilganini o’rgatmog’i, zehni zaif bo’lganlarga yumshoqlik ko’rsatmog’i, idroki sustlarning to’mtoqligini ko’rib mag’rurlanmasligi, zehni va idroki o’tkirlarga qo’rslik qilmasligi darkor”, – deydi.
Shoir fikricha, ustoz ko’rmagan shogird chirigan cho’pdan aso olib yurgan insonga o’xshaydi. Aso (hassa) tayanib yuradigan, inson tanasidagi og’irlikning teng yarmini ko’taradigan vositadir. Chirigan hassa inson tanasidagi og’irlikka dosh berolmay, yo’l yarmida sinadi va hassa ko’targan odam yo’l yarmida hassasiz qoladi. Ustoz shogirlariga bergan adab, ya’ni ta’lim-tarbiya tufayli va shogirdlar olgan bilimlari tufayli unga tayanib hayot yo’llarini topadilar, jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’ladilar. “Har bir ustozdan va do’stdan biror narsa olishga intiling”, - deydi shoir. Mukammal berilgan va mukammal egallangan bilim insonni yo’l yarmida tashlab qo’ymaydi, hamisha voqea-hodisaga echim topib maqsadga erishadi.
Rumiy ijodida ustozning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini quyidagi ko’rinishlarda kuzatishimiz mumkin:
– narsa va hodisalarning sifatlari bilan shogirlarga misol keltirishi;
– oson yo’l bilan murakkab bilimlarni shogirdlarga etkazishi;
– shogirdlarni o’rganishda va ularga ta’sir etishda suhbatga tayanishi;
– e’tiborsiz shogirdlarga nisbatan qattiq qlo’lik qilishi;
– shogirdlarga samimiy, o’z fikr va hissiyotlarini ochiq ifodalay olishi;
– shogirdi (tinglovchisi)ni qisqa daqiqada uyushtira va boshqara olishi;
– shogirdlarning imkoniyatlari va qobiliyatlariga nisbatan to’la ishonchni namoyish eta olishi;
– har bir shogirdining hissiyotlari va kechinmalarini tushunishi;
– shogirdiga hayotiy hikoyatlardan misollar keltirishi va ramziylikka tayanishi;
– ta’sir kuchiga ega bo’lgan so’zlarni ishlatib, tinglovchini hayratlantirishi;
– shogirdlar ham amal, ham ilm sohibi bo’lishlarini istashi;
– shogirdlariga bilganini o’rgatishi;
– zehni zaif bo’lganlarga yumshoqlik ko’rsatishi;
– idroki sustlarning to’mtoqligini ko’rib, mag’rurlanmasligi;
– zehni, idroki o’tkirlarga qo’rslik qilmasligi;
– shogirdlarini mustaqil fikrlashga chorlashi;
– shogirdlariga mohiyatni, ya’ni o’z-o’zini anglashni o’rgatishi;
– imtihon, sinov qilish orqali shogirdlarning bilim darajasini, sifatini aniqlashi, o’zlashtirganligini tekshirishi, chidamli-chidamsizligini aniqlashi, so’rab, tekshirib, sinab ko’rishi va baholashi.
Rumiy ijodiga xos pedagogik-didaktik qarashlar majmuini quyidagicha umumlashtirish mumkin. Rumiy nazariyasi insonning shakllanishi, rivojlanishi, kamol topishi, o’z mohiyatini anglashiga qaratilganligi bilan farqlanadi va natijada, Rumiy ijodi orqali ustozning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini boyitishda, uzluksiz ta’lim tizimida joriy qilingan “Ustoz va shogird” an’anasini yanada takomillashtirishda foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |