Усмонюсуф, [19.01.2022 12:35]
Masalan0, kontraktiv schyotlar passiv schyotlar bo‘lib, balans aktividagi mablag'larning hisobini yuritish uchun mo'ljallangan ba’zi
schyotlardagi ko‘rsatkichlami tartibga solib turadi.
0200 — «Asosiy vositalaming eskirishi» kontraktiv schyot asosiy vosita
boshlang'ich (joriy) qiymatini aks ettiruvchi 0100 — «Asosiy vositalar»
schyoti ma’lumotlarini tartibga soladi.
0500 — «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» schyoti esa 0400 —
«Nomoddiy aktivlar» schyotidagi ko'rsatkichlami tartibga soladi.
Misol uchun korxonadagi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymati 1500000 so‘m, 0400 — «Nomoddiy aktivlar» schyotida aks
ettirilgan va balans aktivida ko‘rsatilgan. Nomoddiy aktivlar qoldiq
qiymatini aniqlash uchun 0500 — «Nomoddiy aktivlarning eskirishi»
kontraktiv schyotidagi ma’lumotdan foydalanish zarur. Unga ko‘ra,
nomoddiy aktivlarning eskirish summasi 45000 so‘mni tashkil etadi
deb faraz qilsak, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati quyidagiga teng
bo‘ladi:
1500000 so‘m - 45000 so‘m = 1 455000 so‘m.
Savdo korxonalarida tovarlar hisobi 2910 — «Tovarlar» aktiv schyotida yuritiladi. Ushbu schyotda tovarlarning sotish bahosi aks ettiriladi.
Ushbu tovarlarning sotib olish bahosini aniqlash uchun tartibga soluvchi
kontraktiv schet 2980 — «Savdo ustamasi» dagi ma’lumotlardan foydalanish zarur.
Masalan, korxonadagi tovarlar qoldig‘i 2910 — «Tovarlar» schyoti
debetida 4500000 so‘m deb aks ettirilgan, 2980 — «Savdo ustamasi»
schyoti kreditidagi qoldiq esa shu tovarlarga belgilangan savdo ustamasi
miqdorini bildiradi, bu summa 675000 ni tashkil etadi deb faraz qilaylik:
4 500 000 - 675 000 = 3 825 000 so‘m.
3 825 00 so‘m korxonadagi tovarlarning sotib olish bahosini bildiradi.
Kontrpassiv schyotlar aktiv schyotlar bo‘lib, ular ba’zi xo‘jalik
mablag‘lari tashkil topish manbalari ma’lumotlarini tartibga solish uchun
mo'ljallangan. Masalan, 8600 — «Sotib olingan o‘z aksiyalarini hisobga
oluvchi schyotlar»
To'ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ularning tashkil topish
manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini
to‘ldirish uchun m o‘ljallangan. Masalan, 1510 — «Materiallarni
tayyorlash va sotib olish», 1610 — «Materiallaming qiymatidagi farq»
schyotlari to'ldiruvchi schyotlar hisoblanadi.
Усмонюсуф, [19.01.2022 12:36]
3. Tartibga soluvchi schyotlar
Korxona ba’zi xo'jalik mablag'lari hisobini yuritishda bir necha
bahodan foydalanish zaruriyati tug'iladi. Shunday mablag'lar va
ularning tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga
soluvchi schyotlar deb ataladi. Bunday schyotlar quyidagi turkumlarga
ajratiladi:
— kontraktiv;
— kontrpassiv.
— to'ldiruvchi schyotlar.
Bunday schyotlami tartibga soluvchi schyotlar deb atalishiga sabab,
ular buxgalteriya hisobini boshqa schyotlaridagi ko'rsatkichlarni tartibga
solish xususiyatiga egaligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |