Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


-jadval  O`zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

2.1-jadval 
O`zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari 
№ 
Kompleks tarmoqlari 
Kompleks tarmoqqa 
kiruvchi tarmoqlar soni 
1.
Elektroenergetika sanoati 

2.
Ko`mir sanoati 

3.
Gaz sanoati 

4.
Neft va neftni qayta ishlash 

5.
Qora metallurgiya 

6.
Rangli metallurgiya 

7.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash 
40 
8.
Kimyo va neft-kimyo sanoati 
12 
9.
O`rmonsozlik, yog`ochni qayta ishlash va qog`oz sanoati 

10.
Qurilish materiallari sanoati 
14 
11.
Oyna va chinni-fayans sanoati 

12.
Mikrobiologiya sanoati 
12 
13.
Meditsina (farmatsevtika) sanoati 

14.
Poligrafiya 

15.
Yengil sanoat 
18 
16.
Oziq-ovqat sanoati 
22 
17.
Un, yorma va yem sanoati 

18.
Qolgan tarmoqlar 
21 


24 
2.4. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar 
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlar 
va o`zaro bog`liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini 
belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o`zgarishlarni aks ettiradi. 
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo`ladi: 

ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; 

mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; 

sanoat va butun xalq xo`jaligining ilmiy-texnika salohiyatini; 

mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; 

sanoat tarmog`ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o`rtasidagi ishlab 
chiqarish aloqadorligini; 

ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining 
darajasini; 

mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o`sganligini. 
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o`rtasidagi 
ma`lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab 
olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko`rsatkichlardan 
foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi 
ma`lum davr ichidagi tuzilmaviy o`zgarishlarni, uchinchisi esa ishlab chiqarish 
aloqalarini ifodalaydi. 
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko`rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
-
mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; 
-
tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog`i; 
-
tarmoq rivojining sur`ati; 
-
tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti. 
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning 
iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi 
ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog`i ko`rsatkichlari bilan 
o`lchanadi. 


25 
Tarmoqning rivojlanish sur`atini quyidagicha ifodalash mumkin: 
;
100
X
P
S

=
bu yerda: 
S
– tarmoqning rivojlanish sur`ati; 
P
– tarmoq rivojlanishining rejali darajasi; 
X
– tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi. 
Tarmoqning rivojlanish koeffitsienti tarmoqlar tarkibidagi miqdor 
o`zgarishlarni ifodalaydi va ma`lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi 
siljishlarni ko`rsatib beradi. Bu koeffitsient quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
;
s
S
s
T
K
r
r


=
bu yerda: 
T
r
 

 s
– tarmoqning rivojlanish sur`ati; 
S
r
 

 s
– sanoatning rivojlanish sur`ati. 
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning 
o`zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir 
qator omillar ta`sir etadi. 
Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga 
quyidagilar kiradi:
-
fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish; 
-
material va yoqilg`i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni kuchaytirish; 
-
ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning 
darajasi; 
-
sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari; 
-
aholining moddiy va madaniy darajasi o`sishi; 
-
ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; 
-
mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o`zlashtirish darajasi; 
-
mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o`rni va uning boshqa 
mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi. 


26 
Sanoat tuzilmasining o`zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning 
ijtimoiy shakllari – kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish juda 
katta ta`sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko`payishi tarmoq 
taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosini 
oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonini 
ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki mahsulot qismlarini mustaqil ishlab 
chiqarishga, tayyorlashga, yangi sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab 
bo`ladi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta`sir ko`rsatuvchi eng muhim omillardan 
yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o`rni hisoblanadi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish