Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


 Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

 
2.2. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar 
Struktura siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o`zi 
nima ekanligini bilib olishimiz zarur. 
Struktura
lotincha, «structura» so`zidan olingan bo`lib, narsalar tarkibiy 
qismlarining o`zaro bog`liq ravishda joylashish, tuzilishini bildiradi.
Struktura siyosatining mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab 
berish, yo`lga solib turishdan iboratdir. 
Mustaqillikning o`tgan 27 yilligida va 2017-2021 yillarga mo`ljallangan 
iqtisodiy siyosatning yo`nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy 
iqtisod strukturasida progressiv o`zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va 
tarmoq ichki proportsiyalarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini 
belgilovchi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim 
ahamiyatga molikdir. 
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat 
strukturasini rejali tarzda takomillashtirish ko`z ilg`aydigan istiqbolda: 


19 

xalq 
xo`jaligi 
va 
uning 
yetakchi 
tarmog`i 
bo`lgan 
sanoatni 
balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish

iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yo`liga 
o`tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy resurslarni 
iste`mol qilishni ratsionallashtirishni, ularni har tomonlama tejash; 

iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo`nalishini yanada 
kuchaytirish, milliy iqtisodning aholi faravonligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan 
xilma xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta`minlash lozim. 
Bir butun qismlarning muayyan o`zaro aloqasi, bir biriga nisbatan joylashuvi 
bo`lgan strukturaning ahvolini proportsiyalar (mutanosibliklar) juda ham aniq va 
konkret tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va 
ularni rejalar, prognozlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste`molni, 
fan-texnika taraqqiyotining, milliy iqtisodning tegishli ishlab chiqarishlari va 
tarmoqlari rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan hisobga olish, rejalarni zarur 
rezervlar bilan mustahkamlash – ana shularning hammasi rejalashtirish 
texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo`lib, ularga qat`iy 
rioya qilish vazifalarining proportsionalligi, balanslashtirilganligi, realligi, 
qo`yilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta`sirchanligining shartidir.
O`zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida xalq xo`jaligi strukturasini 
takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar 
hamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan. 
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o`sish iqtisodiyot 
ko`lamining o`sishi bilangina emas, balki iste`molda ham, ishlab chiqarishda ham 
strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi. 
Strukturani aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy 
o`zgarishlarni sifat jihatdan baholashni aniqlashning printsipial xususiyati 
iqtisodiyotning o`sish sur`ati ko`rsatkichlarining degragratsiya yuz berishi 
muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur`atning o`zi bir necha 
tarmoqlarning turli o`sish sur`atlarida ifodalanishi mumkin, bu bir xil bo`lmagan 
iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu 


20 
sohaga ustuvorlik (afzallik) berish sistemasini yaratishni taqozo etadi. Strukturaviy 
o`zgarishlarning yo`nalishi, ularning jadalligi va ko`lamini aniqlash muhim ish. 
Ayni vaktda iqtisodiy darajasi bir xil bo`lgan yoki iqtisodiyotidagi struktura 
yo`nalishlari o`zgarishi o`xshash bo`lgan mamlakatlar guruhi bo`yicha 
tarmoqlararo komplekslar va ayrim tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste`molining 
rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash – bu barcha analitik materiallar 
istiqbolni rejalashtirishning muhim zamini hisoblanadi. 
Shu bilan birga struktura yo`nalishlari o`zaro muvofiqlashtirilishi kerak, 
chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va tarmoqlarni 
rivojlantirish uyg`unlashtirilishi zarur. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning Oliy Majlisga Muro-
jaatnomasi va keyingi chiqishlarida mamlakatimizning istiqboldagi asosiy vazifa-
lari aniq belgilab berilgan. Ularda tabiiyki, yangi asrga qadam qo`ygan mamlakati-
mizning «iqtisodiyotni isloh etish va jamiyatni o`zgartirish borasidagi ishlar 
natijasini xolis baholash» bilan birgalikda «ustuvor yo`nalishlar va bundan keyingi 
rivojlanish strategiyasini shakllantirish» masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. 
Yangi asrning dastlabki yillaridagi 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish