Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

8.4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish 
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. 
Standartlashtirish – standartlarni belgilash va qo`llash jarayoni. U normal 
ijodiy faoliyat bulib, sifatning optimal ko`rsatkichlarini, mahsulotning parametrik 
qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat`iy 
belgilashni o`z ichiga oladi. 
Standartlashtirish – bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va 
normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruktsiya, mahsulotni 
asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi. 
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarish-
ning rivojlanish sur`ati va darajasiga zaruriy ta`sir kursatadi. Buning uchun esa 
standartlash fan va texnika xamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga 
tayanadi. 
O`zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil 
etish bilan chambarchas bog`liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi 
xalq xo`jaligi, axoli, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga 
yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik xujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu 
hujjatdan to`g`ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat. 


114 
Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga 
va doimiy faol holatda bo`lishiga imkoniyat yaratadi: 
-
yagona texnik til; 
-
mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, 
ya`ni o`lcham ayirmasi ( tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar); 
-
umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tipo-razmer qatorlari 
va namunali konstruktsiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va 
boshqalar); 
-
texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi; 
-
materiallar va moddalar xossalari to`g`risida aniq ma`lumotlar beradigan 
dalillarni. 
O`zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan 
uyg`unlashishi kerak va quyidagilarni ta`minlashi lozim: 
-
sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning 
hayoti va sog`ligi, atrof-muhitni muxofaza qilish masalalari bo`yicha 
iste`molchilar va davlat manfaatlarini; 
-
mahsulotning mos kelishining o`zaro almashuvi, ya`ni bir-birini 
almashtira olishini; 
-
inson va moddiy resurslarni tejashga ko`maklashish hamda ishlab 
chiqarishni iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilashni; 
-
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik 
bazasini yaratishni; 
-
ishlab chiqarishda va savdoda texnik to`siqlarni bartaraf etishni dunyo 
bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali 
qatnashishini va h.k.larni ta`minlashi kerak. 
Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi: 
-
tarmoqlanish – bir xil umumiy xususiyatga ega bo`lgan narsalar, jarayon-
lar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo`lgan obyektlar doirasini aniqlaydi; 


115 
-
variantlilik – oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish – standart-
lashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini 
ta`minlaydi; 
-
tizimlilik – standartga tizim elementi sifatida qaraydi; 
-
o`zaro almashuvchanlik – texnikaga muvofiq turli vaqt – makonning turli 
nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig`ish yoki almashtirishni nazarda 
tutadi. 
Standart deganda nima tushuniladi?
Standart inglizcha «standard» so`zidan olingan bo`lib, norma, namuna, 
o`lcham ma`nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki 
obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model`, standartlanadigan obyektga 
qo`yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar, 
talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat. Standart inson faoliyatining barcha 
sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, qishloq xo`jaligiga, qurilishga, transport va 
aloqaga, ta`lim va boshqa sohalarga taalluqlidir. 
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasining Davlat standartlash 
tizimi (DST) shakllandi va u O`zbekistonda standartlar tuzish, izohlash va tarqatish 
jarayonlarini tartibga keltirdi. Bu borada O`zbekiston Standartlashtirish, 
meteorologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O`zstandart») olib borayotgan 
keng ko`lamli ishlarni alohida e`tirof etish joiz. 
«O`zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat 
darajasini belgilovchi, ko`rsatkichlar raqobatdoshligini ta`minlovchi, ishlab 
chiqaruvchilarga yetarli miqdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir. 
«O`zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «Sifat menejmenti va 
mahsulotlarni sinash» tizimi mahsulot sifat ko`rsatkichini baholash bilan birga 
me`yoriy xujjatlar asosida to`g`ri ma`lumotga ega bo`lish talablarini o`rnatadi. 
Hozirgi kunda Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartlarni 
o`z ichiga oladi: 
1. O`zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar; 
2. Tarmoq standartlari. 


116 
3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi; 
4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar. 
5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan Xalqaro standartlashtirishning 
roli, ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Chunki, xalqaro standartlashtirish 
ilmiy-texnika va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. 
Ular xalqaro aloqalarni kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam 
beradi. Hozirgi kunda jahonda 400 dan ortiq Xalqaro va regional (hududiy) 
tashkilotlar mavjud (2000 yil). Standartlashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar 
– BMTga qarashli Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EEKOON), standartlashtirish 
bo`yicha Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi. 
Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni sertifikatlashtirish 
masalasi muhim o`rin tutadi.
Mahsulotni 
sertifikatlashtirish, 
uning 
aniq 
belgilangan 
talablarga 
muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi. 
Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid 
faoliyat uchun tegishli xujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar. 
Sertifikat lotincha «certificatis» so`zidan olingan bo`lib, tasdiqlangan degan 
ma`noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka 
oshirilganligi to`g`risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va 
aktsiyalarning nomi; uchinchidan, sug`urta shartnomasida uning shartlari yoziladi-
gan hujjat; to`rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspektsiyasi va 
boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; 
beshinchidan, qishloq xo`jaligida urug`lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. 
Sertifikat bo`lmagan taqdirda urug`lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi. 
Muvofiqligini tasdiqlash jarayonida bajariladigan operatsiyalar, ya`ni har bir 
ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko`rish mumkin:


117 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish