323
XXIV BOB.
PAXTA TOZALASH KORXONASI MOLIYA REJASI.
Reja:
24.1. Paxta tolasini sotish rejasi. Qo`shimcha mahsulotlarni sotish rejasi.
24.2. Sotilgan mahsulotdan olinadigan yalpi foyda. Foydaninng mohiyati, ahami-
yati, turlari va uni rejalashtirish.
Tayanch iboralar:
foyda, rentabellik, moliyaviy reja, daromad va kelib
tushadigan mablag`lar, harajatlar va ajratiladigan mablag`lar, byudjet, kredit.
24.1. Paxta tolasini sotish rejasi. Qo`shimcha mahsulotlarni sotish rejasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat, jamoa, qo`shma, kichik,
hissadorlik,
xususiy va boshqa shakldagi mulkka ega bo`lgan korxonalar moliyaviy ahvolini
o`rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o`z vaqtida pul tushumlarining
kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag`larining turli
nisbatda bo`lishini ta`minlash,
moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab
chiqarish bo`g`inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb
etadi. Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
✓
korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o`rganib, uning holatiga
aniq va xolisona baho berish;
✓
mablag` va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to`g`ri
yo`nalishda ishlatilganligini aniqlash;
✓
hisoblash ishlarining o`z muddatida bajarilganligi,
debitor va kreditorlik
qarzlari tarkibini o`rganish;
✓
korxonaning o`ziga qarashli mablag`lari bilan qarz mablag`lari o`rta-
sidagi nisbat va aylanma mablag`larni manba bilan ta`minlanganligini
tekshirish;
✓
moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqlash va to`lov
qobiliyatiga baho berish;
324
✓
korxona mulkining qadrliligi va tez pulga aylana olish darajasini
o`rganish;
✓
aylanma mablag`lardan foydalanishga baho berish va korxonaning
moliyaviy ahvolini yaxshilash bo`yicha takliflar bayon etish.
Moliyaviy reja korxonalarning ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatining
hamma tomonlarini qiymat formasida ifodalaydi. U quyidagi masalalarni hal qilish
maqsadida tuziladi: korxonaning ishlab chiqarish va xo`jalik
faoliyatini amalga
oshirish uchun uni moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlash, foydani ko`paytirish va
ishlab chiqarish rentabelligini oshirish rezervlarini aniqlash, mehnat unumdorligini
o`stirish va ishlab chiqarishning iqtisodiy samardorligini oshirishni ta`minlaydigan
ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan va oborot mablag`lardan hamda
mehnat resurslaridan ratsional va samarali foydalanish korxonaning byudjet, kredit
va boshqa yuqori tashkilotlar bilan o`zaro moliyaviy munosabatlarini aniqlash
hamda moliyaviy intizomga qat`iy rioya qilish.
Moliyaviy reja 2 bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda o`tgan yilgi
moliyaviy rejaning bajarilishda tahlil qilindi va moliyaviy
reja loyihasi ishlab
chiqariladi. Ikkinchi bosqichda derektiv ko`rsatkichlar asosida moliyaviy rejani
tuzish uzil kesil tugallanadi.
Korxonaning moyaiyaviy rejani daromad va xizmatlar balansi formasida
ifodalanadi. Uni tuzishda avval kunidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
planlashtirilgan foydani taqsimlash, ishlab chiqarish
foydalari uchun davlat
byudjetiga to`lovlar kapital mablag`lar va amortizatsiya ajratmalari.
Daromad va xarajatlar balansi moliya rejan ish- asosiy formasi hisoblanadi.
U korxona faoliyatining barcha jihatlarini o`zida ifodalaydi.
Daromad va xarajatlar balansi quyidagi 4 bo`limdan-iborat: daromad va
kelib tushadigan mablag`lar; harajatlar va ajratiladigan mablag`; kredit bilan o`zaro
munosabat. Daromadlar va kelib tushadigan mablag`lar bo`limida birlashma,
korxona daromadining muhim manbai bo`lib rejali foyda, amortizatsiya ajratmalari
korxona daromadining turg`un passiv qismining o`sishi ko`rsatiladi.
325
Xarajatlar va ajratiladigan mablag`lar bo`limida kapital mablaglar,
kapital
remont xarajatlari, o`z oborot mablag`lari normativining o`sishi, bolalar bog`cha va
yaslilarini saqlash harajatlari va hokazolari ko`rsatiladi.
Kredit bilan o`zaro munosabatlar bo`limida markazlashtirilgan kapital
mablag`larga belgilangan tartibda uzoq muddatli kreditlarni olish va kreditlarni
uzish hamda davlat bankidan olingan qarz uchun to`lovlar ifodalanadi.
Byudjet bilan o`zaro munosabat bo`limida korxonaning davlat byudjeti bilan
o`zaro munosabati planlashtiriladi. Bunda byudjet to`lovlar va byudjetni olish
ifodalanadi. Bundan tashqari asosiy ishlab chiqarish
fondlaridan va normativ
oborot mablag`lardan foydlanganlik uchun to`lovlar va qoldiq foyda badallari va
hokazolar ko`rsatiladi.
Shunday qilib, daromad va xarajatlar balansida korxonaning ishlab chiqarish
xo`jalik rejani bajarishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan mablag` bilan
ta`minlashning barcha manbalari va barcha turdagi xarajatlari aks etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko`rsatkichi korxonaning foyda va
rentabelligini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: