Uslubiy majmua


Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   359
Bog'liq
falsafa

Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv
. Biz insonga nisbatan sof falsafiy 
yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug‗ullanmasin, u haqda hamma 
narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so‗nggi haqiqat deb hisoblashi mumkin 


200 
emasligini ko‗rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni istar edikki, o‗zi haqida va o‗zini 
qurshagan dunyo haqida inson falsafa paydo bo‗lishidan ancha oldin mulohaza yurita boshlagan. 
Ammo keyinchalik, «donolikka muhabbat» paydo bo‗lgach ham, inson mavzusi falsafaning 
diqqat markazidan darhol o‗rin olgani yo‗q.
Insonni qurshagan tabiat haqida bilimlar to‗planishi va ularning rivojlanishiga qarab, 
odamzotning o‗z-o‗ziga bo‗lgan qiziqishi ham kuchayib bordi, inson borlig‗ining bu sohadagi 
tadqiqotlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratuvchi yangi va yangi o‗ziga xos 
xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran 
o‗zgarishlar yuz bergan, insoniy munosabatlar negizini tashkil etuvchi eskicha tasavvurlar va 
qarashlar ta‘sirida butunlay o‗zgargan davrlarda insonga bo‗lgan falsafiy qiziqish ayniqsa 
kuchaygan. Bunday davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va yuz 
berayotgan voqealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga bo‗lgan qiziqish yana 
kuchaygan. SHunday qilib, falsafaning ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika kabi bo‗limlari 
bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-sekin shakllanib bordi. Bu erda inson 
nafaqat turli tomonlardan tahlil qilindi, balki uning ijtimoiy, tabiiy va kosmik jarayonlar bilan 
o‗zaro aloqalari ham o‗rganildi.
Xo‗sh, bilimning bu sohasida asrlar mobaynida qanday ijobiy bilimlar to‗plangan? 
Insonni tushunish borasida taraqqiyotga erishildimi? Falsafa va fan sohasida erishilgan insonning 
mohiyatini tavsiflovchi, uning muhim xususiyatlarini yoritib beruvchi qanday shak-shubhasiz 
yutuqlarni qayd etish mumkin? 
Insonni bilish borasidagi ko‗p asrlik sa‘y-harakatlarni bir erga jamlab, ularning 
orasidan uzil-kesil echilgan deb hisoblash mumkin bo‗lganlarini ajratib olsak, shak-shubhasiz 
yutuqlar soni uncha ko‗p bo‗lmaydi. Ular orasida avvalo shu dalilni qayd etish lozimki, 
insonning paydo bo‗lishi Erda hayotning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, u o‗z ibtidosi va 
muayyan tarixiga egadir. Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil 
etgan kongress ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar 
hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o‗rtasida yaqin aloqa 
mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb hisoblash mumkin. 
Bu nafaqat arxeologiya va Er geologik tarixi bilan tasdiqlanadi, balki Erdagi hayotga doir hozirgi 
tasavvurlardan va umumiy e‘tirof etilgan «kengayib boruvchi Olam» nazariyasi tushuntiradigan 
dunyodagi evolyusion jarayonlardan ham kelib chiqadi.
Biroq fan, ayniqsa genetika ba‘zan bizning avvalgi tasavvurlarimizni butunlay 
o‗zgartiradigan yangi kashfiyotlar qilishda davom etmoqda. Xususan, jonli mavjudotlarning 
biologik nusxalarini yaratish imkoniyatini beruvchi klonlash ketidan genetiklar, shov-shuvga 
sabab bo‗lgan eng so‗nggi xabarlarga ko‗ra, qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi 
tajribaga tayangan o‗lmaydigan odam yo‗qligi haqidagi taxminiy (induktiv) xulosani jiddiy 
shubha ostida qoldirishga qodir natijaga yaqinlashdilar. Jumladan, italyan olimlari sut 
emizuvchilarning qarish jarayonini P66SHC sifatida ma‘lum bo‗lgan alohida gen boshqarishini 
aniqladilar. Ular mazkur genni «nazorat osti»ga olish va shu tariqa sinalayotgan hayvonlar 
umrini populyasiya bo‗yicha umrning o‗rtacha uzunlik ko‗rsatkichiga nisbatan 35% ga 
uzaytirishga muvaffaq bo‗ldilar.
SHunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtai nazardan 
biologiyaning fundamental qonunlariga zid hisoblanadi. Bu qonunlarga muvofiq hujayralarning 
bo‗linish yo‗li bilan ko‗payish qobiliyatining susayib borishi inson hayotini cheklaydi. Xususan, 
insonning etuk organizmi taxminan 50 000 milliard hujayradan iborat ekanligi aniqlangan. 
«Odamda uning umri mobaynida bir hujayra avlodida ketma-ket bo‗linishlar soni elliktagacha 
bo‗ladi. Bo‗linish jarayonlari maromini hisobga olganda, shuni taxmin qilish mumkinki, inson 
umrining uzunligi (ba‘zi bir istisno hollardan tashqari) 110 yoshdan oshishi mumkin emas»
1
.
Biroq fan bir joyda to‗xtab turgani yo‗q va shu bois matbuotda vaqti-vaqti bilan paydo 
bo‗layotgan genetik olimlarning hujayra qarishini to‗xtatadigan moddani topish, shuningdek 


201 
organizmda mazkur moddaning ajralishini boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari 
haqidagi xabarlar o‗ziga jiddiy e‘tibor berishni talab qiladi.
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish uchun yo‗l 
ochadigan ba‘zi bir muhim muammolarning ta‘riflanishini ham ilmiy tadqiqotlarning shak-
shubhasiz natijasi deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi – insonning kelib chiqishi, 
shuningdek ong, til, ijod, axloq, ma‘naviyat va shu kabilarning tabiatini aniqlashdir.
Ko‗rsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam,
o
hayot nima? 
o
birinchi odam qaerda va qachon paydo bo‗lgan? 
o
inson ma‘naviyatining tabiati qanday? 
o
Erda inson paydo bo‗lishining sababi nimada? 
o
bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi yoki 
bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab bo‗lganmi? 
o
hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi? 
o
inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni e‘tibordan chetda 
qoldirishi mumkin emas. 
Bu va boshqa shunga o‗xshash masalalar echimini topish ustida falsafiy tafakkur ham, 
ilmiy tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatshunoslik uchun ularning aksariyati nafaqat 
mushkul, balki echib bo‗lmaydigan, ba‘zi bir hollarda esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, 
chunki ular xususida mavjud bilimlar shu qadar oz, yuzaki va muammolarga to‗laki, bunday 
bilimlarga asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o‗zining 
ishonchlilik darajasiga ko‗ra taxminiy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Ammo fan o‗z kuchini yo‗qotgan, yoki, hali kuchga to‗lmagan joyda aniq ta‘riflar, bir 
xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o‗zini 
erkin his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada o‗z ifodasini topadi. 
Falsafa «boqiy» masalalarni o‗rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim 
qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil echimlar va shak-shubhasiz javoblar 
olishga da‘vogarlik qilmaydi. Sinovdan o‗tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo‗qligi 
uni xijolatga solmaydi, zero falsafa intuitsiya, g‗oyibona ta‘sir, ilhom, mantiqiy kuchga 
asoslangan farazlar, taxminlar, to‗ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va 
shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy echimga ega bo‗lmagan 
narsa yoki hodisani o‗zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. SHu tariqa falsafa 
insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko‗taradi, balki yangi 
muammolarni qo‗yish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, o‗zgacha nuqtai nazarlar va 
eng muhimi – eski muammolarning yangicha talqinlari bilan boyitadi.
SHu ma‘noda S.SHeroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hech 
ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi
1
. Dunyoga 
keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim
1

SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog‗liq 
murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‗laroq, fanda 
bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, 
«abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‗la bir fikrlilik hukm suradi: 
hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. 
Ammo fandan farqli o‗laroq, falsafaning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday 
hodisani o‗rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‗ljallar tizimidan tashkil 
topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning 
hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‗ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi 
ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki 
ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‗lgan tegishli munosabati, uning umumiy va 
xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
SHunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an‘anasi uzoq vaqt hukm surgan 
fandan farqli o‗laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni 


202 
ilgari suradi, ayni bir hodisalar va ob‘ektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni 
ta‘riflaydi. Insonni tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko‗pligi ayni shu hol 
bilan izohlanadi. Bu konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o‗z 
individual borlig‗idagi muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat 
bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish