Jamiyatning vujudga kelishiga doir qarashlar.
Jamiyatning vujudga kelishi haqida
ajdodlarimiz hayotining arxeologlar topgan va odamlarning ko‗plab avlodlari bosib o‗tgan
murakkab va fojialarga to‗la tarixiy yo‗ldan dalolat beradigan izlarga qarab xulosa chiqarish
mumkin. SHunga qaramay inson va jamiyat kelib chiqishining to‗liq manzarasi fanda
hanuzgacha yaratilmagan. Jamiyat kelib chiqishining diniy talqini ham (u o‗z mifologiyasini
haqiqat deb tan olishni talab qiladi), idealistik konsepsiya (o‗zining spekulyativligi tufayli) va
materializm (ilmiy dalillar etarli emasligi bois) ham asosli e‘tirozlar uyg‗otadi. Kant
materializmdan inson ruhining tabiatini tushuntiruvchi tamoyil sifatida foydalanish hech qachon
mumkin emas, deganida, ma‘lum ma‘noda haq edi. Ammo, daliliy ma‘lumotlar ozligiga
qaramay, biz jamiyatning vujudga kelish manzarasini ancha aniq yaratish imkonini beradigan
ilmiy dalillarga ishonch bilan qarash lozim, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |