Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   359
Bog'liq
falsafa

Tabaqalar va sinflar. 
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishida tabaqalar va sinflar salmoqli o‗rin 
egallaydi. 
Tabaqalar – sanoatlashish bosqichidan oldingi jamiyatlarda vujudga kelgan, yuridik 
yoki odatga asoslangan va avloddan-avlodga meros bo„lib o„tadigan huquqlar va burchlarga 
ko„ra farq qiladigan ijtimoiy guruhlar. 
Tabaqaviy bo‗linish jamiyatning murakkab ierarxiyaviy 
tuzilishining shakllanishiga sabab bo‗ladi.
Yirik guruhlar orasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik maqomiga ko„ra 
farqlanadigan sinflar alohida o„rin egallaydi. Iqtisodiy belgi sinfning bosh belgisi hisoblanadi, 
zero sinfiy bo„linish shakllari ishlab chiqarish vositalariga bo„lgan munosabat hamda mulk 
shakllari bilan belgilanadi.
Hozirgi zamon sotsiologiyasida sinflarni farqlashning boshqa 
asoslari ham mavjud. Masalan, ijtimoiy guruhlar ega bo‗lgan ijtimoiy boylik ulushiga ko‗ra ular 
oliy, o‗rta va quyi sinflarga bo‗linadi. Bunda daromad manbai hisobga olinmaydi, shu bois oliy 
sinf vakillari orasidan mashhur kinoaktyorlar, estrada yulduzlari va bankirlar ham o‗rin olishlari 
mumkin. Bu hol o‗rta va hatto quyi sinflarda ham kuzatiladi. SHuningdek ijtimoiy mehnatni 
tashkil etishdagi roliga ko‗ra boshqaruvchilar sinfi farqlanadi.
Hozirgi zamon jamiyatida yuqori malakali aqliy mehnat bilan professional tarzda 
shug„ullanadigan kishilarning katta ijtimoiy guruhi – ziyolilar alohida rol o„ynaydi. Ziyolilar 
soni tinimsiz ko„payib, ularning jamiyat hayotidagi roli ortib bormoqda. Bu avvalo fan-texnika 
taraqqiyoti, shuningdek hozirgi jamiyatda ma‟naviy xizmatlarga bo„lgan ehtiyojning ortishi 
bilan bog„liq
. Ziyolilar guruhi o‗z kelib chiqishiga ko‗ra ham, ijtimoiy maqomiga ko‗ra ham turli 
jinslidir. Tegishli ravishda uning siyosiy mo‗ljallari ham har xildir.
Institutlar.
Jamiyatning rivojlanish jarayoni alohida muhim vazifalarni bajaradigan va 
aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‗lgan ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar – institutlarning
 
tarmoqlangan tizimi yaratilishi bilan tavsiflanadi. 
Institutlar jamiyat normal faoliyatining zaruriy 
omili sanalgan ijtimoiy muhim faoliyatni amalga oshiradi. 
Bunday institutlar qatoriga davlat va 
uning institutlari, partiyalar va harakatlar, ommaviy axborot vositalari, diniy muassasalar, ta‘lim 
va madaniyat muassasalari, sog‗liqni saqlash va sanitariya xizmati tizimlari, bozor, banklar va 
hokazolar kiradi. Ijtimoiy institutlar faoliyati ijtimoiy hayotning barcha jabhalari: oila va ishlab 
chiqarish, tovarlar va pullar harakati, ishlab chiqarish, iste‘mol va hokazolarga nisbatan tatbiq 
etiladi. Institutlar turli birliklar va guruhlarning manfaatlarini muvofiqlashtirishni amalga 
oshiradi, ularning samarali o‗zaro aloqasini ta‘minlaydi, vujudga kelgan ijtimoiy qadriyatlarni 
mustahkamlaydi va yangilarini yaratadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish