8
dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va
mazmunan boyroq bo‗lib boradi.
Ammo dunyo juda rang-barang bo‗lib, muttasil o‗zgarish jarayonini boshdan kechiradi,
qoniqarli javoblarga ega bo‗lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‗lgan
savollarga qaraganda, ko‗proqdir. SHu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda
yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‗ziga xoslik
bilan ajralib turadi va hech bo‗lmasa shu sababga ko‗ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech
qachon o‗xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarning uzviy bog‗liqligi va
ularning jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida
amal qilishidir.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‗unlikda e‘tiqodlar – odamlar
faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‗ljallariga mos keladigan qarashlarni
yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‗lib, u dunyoqarashni dogmatizm, ya‘ni
biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan
asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‗lib, bunda shubha mutlaqlashadi,
fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida
amal qiladi.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va
inson dunyoqarashini kengaytirdi. SHunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham
boyib bordi, uning negizida o‗zini o‗zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq
tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki,
tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‗lib, bu hol
insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko‗nikmalar, tajriba va
oddiy bilimlar to‗planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o‗tkazish muammosi yuzaga
kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash
rivojlanishining muayyan bosqichida, to‗plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» etilgach,
boshqa har qanday murakkab tizimda bo‗lganidek, dunyoqarashda ham o‗zini o‗zi tashkil etish
qonunlari amal qila boshlagan.
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada
kitoblar yig‗ilishi bilan bog‗liq misolga murojaat etish o‗rinli bo‗ladi. Mazkur kutubxonada
kitoblar bir nechta bo‗lsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning
o‗zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o‗nlab kitoblar
bilan o‗lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan
tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko‗p bo‗lsa, ular bilan
ishlash shuncha oson va qulay bo‗lishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish
tizimi shuncha murakkab bo‗ladi.
Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o‗zini o‗zi tashkil etish
qonunlariga muvofiq ayni shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari
ko‗rinishida vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: