Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Mifologik dunyoqarash.
«Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‗zidan kelib chiqqan 
bo‗lib, afsona, rivoyat degan ma‘noni anglatadi. Mif –turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, 
tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini 
ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e‘tiqodlar, ma‘naviy madaniyatning turli elementlari, san‘at, 
ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‗lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma‘lum 
darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. 
Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‗lib, miflar 
avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu tariqa to‗plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga 
o‗tishi ham ta‘minlanadi.



Mifologik dunyoqarashning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, 
biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og‗zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi 
voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta‘sir ko‗rsatuvchi muayyan borliq 
sifatidagi in‘ikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o‗zaro 
munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning 
borliqqa estetik munosabati o‗z ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma 
narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga 
muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‗ladi.
SHunday
 
qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‗tmish sarqiti» emas, balki shunday 
bir o‗ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim zamonlardanoq dunyoni tavsiflagan, o‗zining 
o‗sib borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan 
tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan an‘analar muhim rol o‗ynaydi. Rivoyat va 
uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‘tiqod, borliqni bevosita, emotsional 
idrok etish yotadi. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‗lib, unda shubhaga o‗rin 
yo‗qdir.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy 
bog‗liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‘atda aniq-ravshan yoki 
pardalangan ko‗rinishda mavjud bo‗lgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir ko‗proq, kim 
uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol o‗ynab, har qanday inson 
dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‗lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal sur‘atlarda 
o‗sib borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari 
vositasida ba‘zan ijtimoiy ong bilan manipulyasiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik 
fikrini shakllantirish vositasi sifatida qo‗llanilmoqda.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish