51
va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud
bo‗lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki
yo‗qligi predmetning sifatini o‗zgartirmaydi. zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular
ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‗lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida
turadigan avtomobil halokati yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar,
stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob‘ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va
umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to‗qnash keladi,
qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‗z qilmishlaridan pushaymon bo‗ladi, ko‗pincha yo‗l
qo‗ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini
ko‗rib, o‗zi qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish
tafakkurning etuklik belgisidir.
Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko‗ra tasniflash
odat tusini olgan
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni qayd etish mumkinki, dialektik ziddiyatlilik
qonuni barcha narsalar, tizimlar, hodisalar va jarayonlar ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi
tomonlar va tedensiyalar bilan tavsiflanishini nazarda tutadi. Ularning o‗zaro aloqasi, ular
o‗rtasidagi «kurash» o‗zgarish va rivojlanish manbai hisoblanadi, ziddiyatlarning kuchayishiga
sabab bo‗ladi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo‗qolishi va yangining
vujudga kelishi bilan echiladi.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‗rni nima bilan belgilanadi? Birinchidan, bu
qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya‘ni rivojlanish nazariyasining eng
muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari
va kategoriyalarining asosi hisoblanadi. Ko‗rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida
biz birlik va kurash munosabati bilan bog‗liq bo‗lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz.
Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va uning qarama-
qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali o‗rganishni talab qilib, bilish
dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‗laroq, miqdor
va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi,
u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‗rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u
qanday namoyon bo‗lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat,
miqdor, me‘yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: