213
Modeldan prototipga o`tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko`ra analogiyaning ikki turi
farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi
o`xshash belgilariga ko`ra o`zaro taqqoslanadi. O`xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud
bo`lgan belgining boshqasida ham bo`lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan, Er va
Quyosh qator muhim xossalariga ko`ra o`xshashdir, ya`ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi
osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy tarkibi ham o`xshash. Ana shu
o`xshashliklarga asoslanib olimlar Quyoshda topilgan yangi element – geliy Erda ham bo`lsa
kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo`li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko`p
o`tmay tasdiqlandi – Erda ham geliy elementi topildi.
Bu misolda ikki predmetning o`xshashligiga asoslanib, birida mavjud bo`lgan belgining
boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi.
O`xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda
qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
A predmet a, v, s, d belgilarga ega.
V predmet a, v, s belgilarga ega.
Ehtimol, V predmet d belgiga egadir.
Bu analogiya bo`yicha xulosa chiqarishning keng tarqalgan shaklidir. Unda bir predmet
haqidagi bilim shunga o`xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib
chiqariladi.
Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi
o`rtasidagi munosabatlarning o`xshashligiga asoslaniladi.
Ikki turdagi (a R b) va (m R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga o`xshash
emas, lekin ular o`rtasidagi R-R1 munosabatlarning o`xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini
beradi. Masalan, I. Kepler planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning
o`zaro tortishish kuchini insonlar o`rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga
tortishish kuchi tushunchasini kiritadi.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmetlar o`xshashligi haqida emas, ikki predmet
o`rtasidagi munosabatni o`rganish asosida boshqa ikki predmet o`rtasidagi munosabat haqida
xulosa chiqariladi.
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e`tibor beriladi. SHu
jihatdan analogiyani qat`iy (aniq), qat`iy bo`lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz.
Qat`iy analogiyaning o`ziga xos xususiyati shundaki, ko`chirilayotgan va o`xshatilayotgan
belgilar o`rtasidagi aloqa zaruriy bo`ladi. Aniq fanlarda, modellashtirishda fikr qat`iy analogiya
shaklida yuritiladi.
Qat`iy bo`lmagan analogiyada o`xshash bo`lgan va ko`chirilayotgan belgi o`rtasidagi
zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo`ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o`rganishda va aniq,
tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qat`iy bo`lmagan analogiya
tarzida bo`ladi. Masalan, nemis olimi SHpenglerning ta`kidlashicha, jamiyat ham tirik
organizmlar kabi to`rtta rivojlanish bosqichini bosib o`tadi. Bular: paydo bo`lish, rivojlanish,
etuklik davri va emirilish davri.
Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R (a)
bilan belgilasak, qat`iy analogiyada R (a)=1; qat`iy bo`lmagan analogiyada 1>R (a)>0 bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: