Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

 
Mavzu bayoni: 
Axborot sivilizatsiyasi davriga qadam qo‗yayotgan kishi uchun rivojlanayotgan 
dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‗ir va mashaqqatli vazifa. Uni echishning falsafiy 
yo‗li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‗lib, shundan beri o‗tgan davr mobaynida 
rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning 
mazkur bo‗limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‗rganuvchi konsepsiyalarni o‗z 
ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‗rin egallaydi. 
Ularning ayniqsa keng e‘tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. SHu sababli bu 
bo‗limda unga asosiy e‘tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va 
kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim 
sharti hisoblanadi.
Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil 
qanday konsepsiyalari mavjud?
Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .
«Dialektika» (yunon. dialektike – 
suhbat qurish san‘ati) so‗zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar 
so‗zlashuvi) so‗zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish 
san‘ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning 
tagiga etish maqsadida muammoni o‗zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara 
nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Stixiyali dialektika
. Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o‗zgaruvchanlik 
fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu 
faktning tagiga etgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bo‗lgan. U dunyoni «jonli olov» 
yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‗lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan 
dunyoda zamon o‗tishi bilan hamma narsa o‗zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‗qotadi va 
asta-sekin o‗zining qarama-qarshiligiga o‗tadi: ho‗l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; 
bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‗likka o‗tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi 
dialektikaning asoslari mujassamlashgan. SHu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali 


44 
dialektikasini dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblanadi. Stixiyali dialektika borliq va 
bilishning jarayonlar mohiyatini anglab etishga asoslanmagan sodda dialektikadir.
O‗rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika 
odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol 
foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish