Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq falsafasi
amaliy mashg‘ulotining
texnologik kartasi.
Ish bosqishlari
va vaqti.
Ta‘lim beruvshi
Ta‘lim
oluvshilar
Tayyorlov bosqishi
(5 daqiqa)
4.
Auditoriya tozaligini nazorat qiladi
5.
Talabalarni mashg‘ulotga tayyorgarligini tekshiradi
6.
Davomatni nazorat qiladi
1.
O‘quv
mashg‘ulotiga
kirish bosqishi
(10 daqiqa)
1.Mavzu bo‘yisha o‘quv mazmunini tayyorlash.
2.Kirish ma‘ruzasi ushun taqdimot silaydalarini
tayyorlash
3. Fanni o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar
ro‘yhatini ishlab shiqish
2 – asosiy bosqish
(55 daqiqa)
1. Talabalarni kishik guruhlarga bo‘lib, mavzu bo‘yisha
savollarni beradi.
2. Slaydalar, mul‘timyedialardan foydalanadi
3.Mavzular
asosida
berilgan
ma‘lumotlarni
umumlashtiradi
va
hulosalaydi,
faol
ishtirokshi
talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi
Kishik
guruhlarga
bo‘linadilar
Tomosha
qiladilar
Qatnashadilar
savollarga
javob beradilar
4
yakuniy
bosqish
(10 daqiqa)
1. Yakunlovchi hulosa qiladi
2. Mustaqil ish beradi
3. Uyga vazifa beradi
Tinglaydi
Yozib oladi
Yozib oladi
167
Qadimgi SHarq va G‗arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma‘naviy
taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‗ziga xosligi va betakrorligidan
qat‘iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur SHarqda ham, G‗arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki
shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‗zini atrof muhitdan
ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan
tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan
tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham
qo‗yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‗lim nima va h.k.
Ikkinchidan, G‗arb va SHarq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‗lishi bilan
ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga
kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I
ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan,
chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi er mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va
siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
YUnonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar
(«polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‗arbiy qirg‗og‗ida (Ioniyada), so‗ngra – Sitsiliya
orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, YUnonistonda – Afinada (miloddan
avvalgi V asr) paydo bo‗lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar
yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan. Qadimgi Markaziy
Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning
shakllanishi bilan bog‗liq. Amudaryo bo‗ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat
tuzilmalari bo‗lgan. SHuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning
shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta‘sir ko‗rsatgan.
Uchinchidan, G‗arb va SHarq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‗ljal oladi. U
insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‗rganadi, Qadimgi manba ―Avesto‖da ko‗rsatilgani
kabi ―qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‗zlash va yaxshi ish ko‗rish mumkin‖, degan savolga
javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‗lish uchun inson falsafiy
donishmandlikni o‗zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining
mazmuni va boshqa shunga o‗xshash muammolarda mo‗ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh
Iskandarga nasihatida ―SHuni bilgilki, o‗zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh
qilolmaysan. O‗zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‗lboshchilik qilolmaysan. Axir o‗zi
ko‗r odam qanday qilib o‗zgalarga rahnamo bo‗lsin? O‗zi qashshoq o‗zgani boy qila oladimi?
Kimki o‗zi xoru zalil bo‗lsa, o‗zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni
istagan hech kimsa o‗zini isloh etmaguncha o‗zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‗zi buzuq
fosid bo‗lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‗l ostingdagilarni isloh etishni istar
ekansan, islohni o‗zingdan boshla. O‗zgalar aybini yo‗qotishni hohlasang, avvalo o‗zingni
ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‗ylagan fikring senga hech qachon firib bermasligi
lozim. Agar so‗zlaring go‗zalu qilmishlaring esa xunuk bo‗lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri
botinini aks ettirmaydigan va‘zxon bo‗lasan qolasan ‖
57
deb uqtiradi.
To‗rtinchidan, Qadimda SHarq falsafasi ham, G‗arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik,
go‗zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‗stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt,
lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma‘rifat kabi muammolarning echimini izlagan. Bu jarayon
o‗sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‗rtib namoyon bo‗ladi, masalan:
- Konfutsiy: ―Odamlar seni bilmasliklaridan g‗am chekma, o‗zing odamlarni bilmasligingdan
g‗am chek‖;
- Lao-szi: ―YUksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‗lishi,
mamlakatni boshqarishda izchil bo‗lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda
vaqtni hisobga olishi lozim‖;
- Zardo‗sht: ―Ezgu fikr, ezgu so‗z, ezgu amal‖;
57
Қаранг Алиқулов Ҳ. Караматов Ҳ. Арастунинг Искандарга насиҳати. Форс тилидан таржимаси // Ўзбек
педагогика онтологияси.-Т.: Ўқитувчи, 1995.-Б 39-46..
168
- Geraklit: ―Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‗lsa, o‗n ming kishiga teng‖;
- Demokrit: ―Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi;
- Epikur: ―O‗lim qo‗rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud‖;
- Platon: ―Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan bog‗langan
sahovatlilik‖;
- Aristotel: ―Do‗stlik birga yashashning zaruriy shartidir‖ deb hisoblaydi. SHuningdek uning
fikricha, ma‘naviyat va ma‘rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko‗rmaydigan
inson yo‗q va bo‗lmaydi ham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u
fuzalo, shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o‗ng qo‗lida va ham chap
qo‗lida adolat tarozisini qo‗tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko‗ngliga
yo‗l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. El-yurtni obod va farovon qilish, xalqning
olqishiga sazovor bo‗lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror
toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-shafqat bo‗lishi lozim. Arastu o‗zining baxt
haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma‘lum vaqtlarda baxtli bo‗lib, qolgan vaqtlarda
baxtsiz bo‗lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin,
mukammal yaxshilik bilan yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi.
Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‗liqligi ham G‗arb va SHarq
falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo‗qmi, lekin falsafiy g‗oyalar,
qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba‘zan eklektik (bu ikki
dunyoqarashning birikmasi) bo‗ladi. Jumladan, qadimgi YUnonistonda Milet falsafiy maktabi
namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga duch kelish
mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron
(mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik
asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‗lar»dan iborat.
Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‗zining ―Tabiat haqida‖ asarida
olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va er turli narsalarning birinchi asoslaridir,
deb qayd etgan.
SHunga o‗xshash fikrlarga SHarq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan,
Zardushtiylik ta‘limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi ―Upanishada‖da, shuningdek
―CHorvaka‖ qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, er, havo, butun
borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta‘limoti bilan
hamohangdir.
Oltinchidan, SHarq va G‗arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‗zining ikki
ko‗rinishida: ob‘ektiv idealizm va sub‘ektiv idealizm sifatida namoyon bo‗ladi. SHarq
falsafasida bu ―yoga‖, buddizm, jaynizm, zardo‗shtiylik, konfutsiychilik, daochilik falsafasi,
G‗arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi,
shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‗z ifodasini topadi. Jumladan, miloddan
avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‗oyalar
dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. ―G‗oyalar dunyosi‖ umumiy
tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‗oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‗oyalar
dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‗lgan
ayrim narsalardan iborat. Platonning g‗oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖,
―Davlat‖ asarlarida o‗z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖
asarlari esa g‗oyalarning moddiy dunyoga bo‗lgan munosabati muammosiga bag‗ishlangan.
Platon fikriga ko‗ra, materiya - g‗oyaning sof ―aksi‖, uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning
mohiyati esa - g‗oya. Haqiqiy borliq - bu piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida
―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‗zallik g‗oyasi yotadi. Uning
yonidan yaxshilik g‗oyasi va oqillik (haqiqat) g‗oyasi o‗rin oladi. SHunday qilib, Platon
―g‗oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm
falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‗oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‗lmasligini qayd
etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‗oyalar dunyosi‖ birlamchidir.
169
Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi
g‗oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‗oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan
tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan,
Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: ―Ayrim narsa bo‗lmasa,
umumiylik ham bo‗lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini,
borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‗rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖
muammolaridir. Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‗lib, u ―harakatsiz substansiya yoki
birinchi boqiy dvigatel‖ni o‗rganadi.
Ayni vaqtda shuni ta‘kidlash lozimki, aksariyat SHarq va G‗arb faylasuflarining falsafiy
qarashlari faqat materialistik yoki faqat idealistik xususiyat kasb etmaydi. Ularda boshqa
g‗oyalar ham uyg‗unlashadi. Ammo materiya va ongning o‗zaro nisbati muammosining u yoki
bu echimi uning turli shakllarida – kosmos va tabiatni anglab etishdan tortib inson va uning
shaxsiy borlig‗iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy maktabning muayyan
dunyoqarashidan dalolat beradi.
Ettinchidan, G‗arb va SHarq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy qonuniyati uning
metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yo‗lida ilmiy izlanishlar olib
borishidir. Bu erda gap fanga va falsafaning metodologik funksiyasiga bo‗lgan munosabat
haqida ketmoqda. Falsafiy ta‘limotlar, konsepsiyalar, g‗oyalar yordamida turli hodisalarning
tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda
vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa SHarq mamlakatlarida ham keng tarqalgan
konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan,
«syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom ko‗rsatish konsepsiyasi yosh
jihatidan ham, ijtimoiy ierarxiya bo‗yicha ham kattalarga nisbatan o‗z xulq-atvorini barcha
fazilatlar mohiyatini anglab etish asosida yo‗lga qo‗yishni taklif qiladi.
G‗arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, unda ham falsafaning metodologik
funksiyasi bo‗rtib namoyon bo‗lishini ko‗ramiz. Masalan, yunon faylasuflari – falsafa tarixidan
donishmandlik va shirinsuxanlik o‗qituvchilari degan nom bilan o‗rin olgan sofistlar
shogirdlariga oqilona fikrlashni, muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran
anglagan holda ish ko‗rishni va o‗z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni
o‗rgatishni o‗z vazifasi deb bilganlar. Ma‘lumki, qadimgi yunon faylasufi Suqrot o‗z
e‘tiqodlarini himoya qilish yo‗lida hayotini tikkan. U davlatni boy va zodagon kishilar emas,
balki ishning ko‗zini biladigan, oqil odamlar boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o‗z
shogirdlariga o‗sha davrda mavjud bo‗lgan siyosiy an‘analarda mo‗ljal olishni o‗rgatgan. Ayni
shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e‘tiroz bildirmay, Suqrot o‗z o‗limini ixtiyoriy
ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o‗lgan.
Sakkizinchidan, G‗arbda ham, SHarqda ham faylasuflar narsalar va hodisalarni
o‗rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o‗z metodlarini yaratganlar. YAngi davr tadqiqotchilari,
Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy metod – dialektika va metafizika metodlarini ilgari
surganlar. Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan
ongli ravishda idrok etilmagan. Ular stixiyali, aniqroq aytganda, falsafiy ta‘limotlar, tizimlar va
qarashlarga ichdan xos bo‗lgan metodlar sifatida amal qilgan. Faylasuflar, odatda, hodisalarning
umumiy o‗zaro aloqasini, ularning ziddiyatliligini, harakati va rivojlanishini, dunyoning
yagonaligi va rang-barangligini, «umumiy yo‗l» yoki Logosni muayyan tabiiy qonun sifatida
anglab etadilar. Jumladan, Geraklit fikriga ko‗ra, tabiat (olov) uzluksiz o‗zgarish jarayonini
boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‗zgarishlar manbaini ko‗radi: «Hamma narsa kurash orqali
va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‗zining qarama-qarshiligiga o‗tadi: sovuq
narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‗l narsa quruq narsaga
aylanadi, quruq narsa ho‗l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha
hodisalar ham o‗zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta
suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‗lgan
hodisalar va jarayonlarni ko‗radi: hayot va o‗lim, uyg‗oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k.
«Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‗yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u
170
ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‗rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi
o‗zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o‗tishi narsalarning barcha
sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan holatlarga bog‗liq qilib qo‗yishini qayd etadi.
«Dialektika» so‗zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so‗z bilan u samarali bahslashish, fikrlar
qarama-qarshiligi orqali haqiqatning tagiga etishga qaratilgan muloqot olib borish mahoratini
ifodalagan. Dialektikaning aynan shu talqiniga sofistlar ham amal qilganlar. Ular o‗ziga xos
inkor dialektikasini rivojlantirib, tinimsiz bahs-munozara muhitida haqiqatning tagiga etishga
to‗xtovsiz harakat qiluvchi, ziddiyatlarga to‗la inson tafakkurini faol harakatga keltirganlar.
Aristotel fikricha, bahslashish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin qilish orqali
haqiqatning tagiga etish san‘ati sifatidagi dialektika Zenonning «Bahslar» deb nomlangan
asarida tahlil qilingan.
Dialektika muammolarini Platon ham o‗rgangan. U dialektika deganda nisbiy «borliq» va
«haqiqiy borliq»ni bilishni tushungan. U ko‗p sonli asarlarini antik dialektika namunalarini
o‗zida mujassamlashtirgan dialoglar shaklida yozgan hamda, harakat va harakatsizlik, tafovut va
ayniyatni tahlil qilgan. Platon har bir narsani o‗z-o‗ziga va boshqa barcha narsalarga ayniy deb
hisoblagan.
Aristotel sababiy bog‗lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani
yanada rivojlantirgan. Uning to‗rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‗naltiruvchi
sabablar «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‗luvchi omil (materiya, substrat) –
moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi –
harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‗zlangan maqsad –
yo‗naltiruvchi sabab» haqidagi ta‘limoti ma‘lum. Aristotel shakl va mazmun (materiya)
dialektikasini tahlil qilishning o‗z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi.
Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‗liqdir. SHakl o‗z
mohiyatiga ko‗ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‗rinishi, u dunyoning
rang-barangligi va borlig‗ini belgilaydi.
Dialektika qadimgi SHarq falsafasiga ham xos. Qadimgi SHarq faylasuflari o‗zlikni
anglash va insonning o‗z-o‗zini kamol toptirilishiga bag‗ishlangan konsepsiyalarida, avvalo
buddizm, yoga, konfutsiychilik, zardo‗shtiylik falsafasida juda ko‗p noyob dialektik fikrlar ilgari
surilgan. Masalan, Zardo‗sht ta‘limotida ―Axriman‖ va ―Axuramazda‖ yaxshilik va
yomonlikning abadiy kurashi va bunda yaxshilikning g‗alabasini ifodalaydi. Zardo‗shtiylik
falsafasiga ko‗ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson
Axriman yoki Axuramazda tarafida bo‗lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha
yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson
hayotining oxirigacha davom etadi.
«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtai nazaridan
qaraladi. Braxman ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o‗ladigan va o‗lmas, harakatsiz va
harakatchan ko‗rinishlarga ega. «Upanishada»da Atman – bu ham tana, ham individual jon.
Braxman va atman bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq «Hamma narsa Braxman, Braxman esa
atmandir», deyiladi. Atman o‗zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg‗oqlik; tushli uyqu;
tushsiz uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o‗z-o‗ziga teng bo‗ladigan holat).
Daosizm (qadimgi Xitoy maktablaridan biri)da dao haqidagi ta‘limot Geraklitning Logos
haqidagi ta‘limotiga o‗xshab ketadi. Dao – bu «hayot yo‗li», tabiat qonuni. Bu dunyoning
vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy abadiy qonuni.
To‗qqizinchidan,, qadimgi SHarq va G‗arb falsafasida dialektik metod bilan bir qatorda
hodisalarni o‗rganishning metafizik metodiga ham duch kelish mumkin. Aristotel Eley maktabi
vakillari Parmenid va Melis hamda ularning izdoshlarini «tabiatni to‗xtatuvchilar» deb
nomlagan, chunki ular tabiat harakatini rad etgan. Ular uchun borliq «yagona va harakatsiz»dir.
Eleylik Ksenofan, masalan, shunday deb yozgan: «Bir joyda abadiy turadi, umuman
qimirlamaydi, u yoqdan buyoqqa o‗tish unga xos emas». Parmenid bu qoidaga aniqlik kiritadi:
«...hamma narsa bir, abadiy, vujudga kelmagan, sharsimon va bir xil, o‗z ichida makonga ega
emas, harakatsiz va chekli».
171
Eley maktabi kabi, qadimgi Xitoyda konfutsiychilik maktablari – Men-szi va Syun-szi
ham dialektikaga qarshi chiqqan. Bu maktablarning vakillari qarshisida narsa qarama-
qarshiliklar birligida namoyon bo‗lmaydi, inson tabiati yo tug‗ilgandan boshlab faqat yaxshilik
bilan bog‗langan (Men-szi), yo inson o‗z tabiatiga ko‗ra azaldan yovuz (Syun-szi). Albatta,
tabiat inson tabiatini tarbiya yo‗li bilan o‗zgartirishi mumkin, lekin bu endi unga madaniyatni
olib kirishdir.
Umuman qadimgi SHarq va G‗arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq
mavzusi etakchilik qiladi. O‗sha davrda yaratilgan hikmatli so‗z, iboralar bugungi kunda ham
insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Masalan, Platonning «Dialoglar» asarida taqdir,
qarilik, fazilatlar, oqillik, adolat, sabr-toqatlilik, sovuqqonlik, vijdonlilik, erkinlik, kamtarlik,
olijanoblik, tinchlikparvarlik, engiltaklik, do‗stlik, mehr-muruvvatlilik, e‘tiqod, teran fikrlash
kabi tushunchalarga ta‘rif berilgan. Aristotel e‘tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, halollik,
ezgulik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, ota-onalarga mehr oqibatli bo‗lish, hushyorlik,
ziyraklik, adolatlilik kabi ma‘naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‗lish har qanday jamiyat, davlat va
xalqning eng katta boyligi, kuch-qudrati manbalaridan biri deb hisoblaydi. Uning fikricha, biron
bir narsaga ega bo‗lishdan maqsad undan foydalanishdir. Ko‗zga ega bo‗lgan odam ko‗zini
yumib yashamaydi, balki undan olamni ko‗rish uchun foydalanadi, quloq va shu kabilar haqida
ham shu fikrni aytish mumkin. U inson uchun biror narsaga ega bo‗lish muhimmi yoki undan
foydalanishmi, degan savolni o‗rtaga tashlab, albatta muhimi foydalanishdir, chunki foydalanish
va faoliyat ko‗rsatish maqsadida u biror bir narsaga ega bo‗lishni istaydi, deb hisoblaydi.
Zardo‗shtning ―Avesto‖ kitobida ham odamlarni imonli-e‘tiqodli bo‗lishga, doimo pokiza
yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va so‗zlardan tiyilishga, yomon
amallarda voz kechishga, nojo‗ya ishlarlardan yuz o‗girishga da‘vat etadigan axloqiy qoidalar,
o‗gitlar ko‗p. Kitobda ―tanalaringiz haqida emas, balki qalbingiz haqida ko‗proq qayg‗uring‖,
―Har bir inson kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshni olqishlab sig‗inishi shart‖ degan
qoida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |