Diniy dunyoqarash
dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din so‗zi
arabchadan tarjimada e‘tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma‘nolarni anglatadi.) Mif kabi, din
zamirida ham e‘tiqod, tuyg‗ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam»
dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya‘ni taxminan 40-60 ming yil
muqaddam paydo bo‗lgan bo‗lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli
sifatida keyinroq, jumladan mif ta‘sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada
kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g‗ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir
absolyut va sh.k.)ga bo‗lgan e‘tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‗ziga xos
harakatlaridir.
Agar mifologiyada an‟anaga, rivoyat qiluvchining, ya‟ni oqsoqolning obro„siga
e‟tiqod kuchli bo„lsa, dinda g„ayritabiiy narsalarga e‟tiqod birinchi o„rinda turadi, oliy kuchlar
nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro„si esa ikkinchi darajali rol o„ynaydi.
Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg„otadigan, mifologiya, din yoki fan
javoblaridan qoniqmagan kishining o„ziga ma‟lum bilimlar va tajriba,, muayyan e‟tiqod,
ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan,
savollar tug„diradigan har qanday ob‟ektiv va sub‟ektiv borliqdir
.
Boshqacha aytganda,
inson
o„z qiziqishi ob‟ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos
bo„lishi mumkin bo„lgan hamma narsa falsafaning predmetidir
. SHu munosabat bilan u yoki bu
odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‗g‗risida so‗z yuritish mutlaqo
o‗rinli bo‗ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Falsafaning asosiy funksiyalari.
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar,
muayyan tamoyillarni ta‘riflar yoki gipotezalar, g‗oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni
vaqtda (ba‘zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va
tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‗liqdir. Bu
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar
darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |