150
bilan muloqotda bo‘lish jarayonida, mamlakatda, san‘at asarlari bilan tanishish yo‘li orqali
mashq va his qilish organlarini tarbiyalash tufayli erishiladi.
Estetik tuyg‘u – insonning turli xil holatini –
shodligi, hayajoni, azobi, g‘azabi,
qayg‘usini to‘g‘ri idrok etish va ifodalashga yordam bo‘lib xushaxloq qiladi., yuksaklikka
ko‘taradi. Estetik tuyg‘uni shavqat ko‘z yoshlari, kulgu, hayajonlanish,
qalbning ichki
kyechinmalari so‘zsiz ham bayon eta oladi. Ko‘pincha biz o‘zimizga «nima uchun, nimadir
yoqishi yoki yoqmasligini tushuntira olmaymiz, balki Estetik tuyg‘ularimiz hissiyotgagina amal
qilib, buni go‘zal yoki xunuk dyeb ataymiz.
ESTETIK HIS-TUYG‟U
(kyechinmaning) yakuni –
Estetik lazzatlanishdir.
Lazzatlanish
– insonning umumiy, doimo ijobiy bo‘lgan syezgi holati, ya‘ni uning narsalardan,
voqyea-
hodisalardan Estetik ta‘sirlanishidir. Estetik lazzatlanish hissiy yoqimli narsalar, voqyea va
hodisalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u his, qoniqishsiz ro‘yobga chiqmaydi.
Estetik did – bu bizning pryedmyet yoki hodisadan oladigan qoniqish yoki qoniqmaslik
haqida hukm chiqarish qobiliyatimizdir. Estetik did kishining umumiy madaniyatiga, uning aqli
va tuyg‘usining rivojlanishiga bog‘liq, uni shuning uchun ham tarbiyalash,
rivojlantirish
mumkin. Bunda san‘atning Estetik didni, shakllantiradigan eng yaxshi namunalari alohida rol
o‘ynaydi. Estetik did hamma vaqt
individualdir
. Kimgadir U.Hayyom ruboyilari yoqsa, kimgadir
A.YAssaviy hikmatlari...
Kimningdir ko‘ngliga kuz fasli, boshqasiga bahor yoqadi va h.k. Kimdir markalar yig‘ib
borsa, kimdir etikyetkalar to‘playdi. Jaz musiqasi va uning zamonaviy ritmlarini syevuvchi kishi
opyera va simfonik musiqani «zyerikarli» dyeb isbotlaydi.
ESTETIK BAHO
– bu pryedmyet va hodisalarni tushunib, dadil, ishni bilgan holda,
Estetik qiymati va kamchiliklari haqida hukm chiqara olishdir. Nimagadir yoki kimgadir Estetik
baho berish go‘zallik qonunlari haqida o‘z bilimini aniq va ongli ravishda qo‘llash,
mazkur
pryedmyet, hatti-harakat, inson nima uchun go‘zal yoki xunuk ekani haqidagi tushunchani
namoyon etishdir. Estetik baho boshqa baholardan farqli o‘laroq, hodisalarni yaxlit qamrab
oladi. Masalan: «A‘lochi talaba» dyesak, biz uning bilimiga, «haqiqiy do‘st» dyesak,
axloqiga
baho byergan bo‘lamiz. «Ajoyib inson» dyegan baho-haqiqiy Estetik bahodir.
Odatda, Estetik baho emocional bo‘yoqli bo‘ladi., chunki siz u holda muayyan
pryedmyet, hodisa orqali o‘zingizda uyg‘otgan tuyg‘uni ifodalaysiz. Atrof-olamni Estetik nuqtai
nazardan baholashni o‘rganish uchun go‘zallik va xunuklikni yaxshi his qilishning o‘zi kamlik
qiladi., nazariy bilimlar bilan ham qurollangan bo‘lish, Estetikaning asosiy tushunchalari
ma‘nosini o‘zlashtirish ham zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: