3 - rasm. Sektorli ko‘taruvchi mexanizm
Yo‘naltirish mexanizmlariga qo‘yiladigan talablar:
yo‘naltirishning engilligi;
yo‘naltirish tezligining etarliligi;
yo‘naltirishning mayinligi;
butun qurol holatini o‘zgartirmasdan otish sektorining etarlicha kattaligi;
ekspluatatsiya, ko‘zdan kechirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulayligi;
mustahkamlik va yashovchanligi;
dushman olovidan yashirinligi.
2-O‘QUV SAVOLI: “LUCH” YORITISH ASBOBINING MO‘LJALLANISHI, TUZILISHI VA UNI ISHGA TAYYORLASH”.
“Luch” yoritish asbobi (4-rasm) tunda va ko‘rinishning noqulay sharoitida otishda qurol, minomyot, jangovar mashina komandirining va qo‘yuvchining ish joyini va mo‘ljalga olish moslamalarini yoritish uchun mo‘ljallangan.
Mo‘ljallagichni yoritish uchun moslama o‘zida tarmoqlarga bo‘lingan simni namoyon qiladi, komandir yoritkichi-sim, uning bir tomonida patronli lampochka va reflektor, ikkinchi tomonida esa akkumulyator batareyasining shtepsel sanchqisiga ulash uchun fishka mavjud. Patron bel kamarida mahkamlanish uchun qisqichga ega.
Qo‘yuvchi yoritkichi charm qo‘lqopli simdan ibrat bo‘lib, u chap qo‘lga kiyiladi, simning bir tomonida patron lampochkasi bilan, ikkinchisida esa akkumulyator batareyasining shtepsel sanchqisiga ulash uchun fishka mavjud. YAshik yoritkich asboblarini hamda uning narsalari va zaxira qismlarini solish uchun mo‘ljallangan.
Quyida D-30 zambaragi jamlanmasi tarkibiga kiruvchi “LUCH D-726-45” yoritish asbobining vazifasi tuzilishi va o‘rnatilishini ko‘rib chiqamiz.
“Luch D-726-45” yoritish asbobi mo‘ljal moslamasi qurol komandiri,trubkachining(o‘rnatuvchi) ish joyini ko‘rinish yomon bo‘lganda va tunda yoritish uchun xizmat qiladi.
YOritish asbobi 4 ta akkumulyatorlar batareyasi, panorama va mo‘ljalni yoritish moslamasi, qurol komandiri va o‘rnatuvchining ish joyini yoritish uchun moslama, hamda joylash yashigidan tashkil topgan.
Akkumulyator batareyasi ikkita 3,5V kuchlanishli ketma-ket ulangan NK-13 elimentlaridan tashkil topgan va temir qutiga joylanib qopqoq bilan yopilgan. Qutining orqa devorida prujina qisqich mavjud, bu qisqich bilan quti bel kamariga mahkamlanadi, qutining yonbosh devorlarida ilmoqlar bo‘lib ularga elka tasmasi mahkamlanadi.
Akkumulyatorlar batareyasi qutisi qopqog‘ida shtepsel vilkasi bo‘lib unga yoritish asbobi fishkasi ulanadi.
Akkumulyator batareyasi yoritish lampochkalarini tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi va zambarakning qalqon to‘sig‘iga mahkamlanadi.Ikkita akkumulyatorni qurol komandiri va o‘rnatuvchi o‘ziga taqadi, bittasi kollimator setkasini yoritish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |