3 – O‘QUV SAVOLI: YUqorigi stanokning mo‘ljallanishi va tuzilishi
Yuqorigi stanok (6-rasm) qurolning tebranuvchi qismiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Birgalikda ular qurolning aylanuvchi qismini tashkil etadi. Unda lyulka, ko‘taruvchi va buruvchi mexanizmlar, muvozanat mexanizmi va qalqonli to‘siq qotiriladi. U asosdan, ikki vertikal yassi yuzadan va qoziqdan iborat topgan. Qoziq yuqorigi stanokning ajralmas qismi yoki olinadigan detal ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Stanokni ag‘anab ketishdan ushlab qolish uchun changaklar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |