O‘QUV MATERIALI
1 – O‘QUV SAVOLI: Lyulkaning mo‘ljallanishi va tuzilishi.
O‘tgan mashg‘ulotimizda ko‘rib chiqqanimiz lafet va uning tarkibiy qismlari edi. Asosiy tarkibiy qismlardag biri bo‘lib lyulka hisoblanadi. Demak lafet (1-rasm) lyulkani, tepinishga qarshi qurilmalarni, yuqorigi stanokni, to‘g‘rilash mexanizmlarni, staninali pastki stanokni, ressorlangan yurish qismini, muvozanat mexanizmini, qalqonli to‘siqni, yordamchi qurilmalarni (kranlarni, domkratlarni, g‘ildiraklarni ko‘tarish mexanizmlarini, taglikni, lebyodkani) mo‘ljalga olish moslamalarini o‘z ichiga olib, qurolni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, nishonga to‘g‘rilash uchun xizmat qiladi.
Lafetlar asosan bir-biri bilan bog‘langan ikki qismdan: stanok va yurish qismidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |