Topshiriq: “ To`g`ri ovqatlanish tartibi” mashqi. Har bir o`quvchi o`zining to`g`ri ovqatlanish tartibini tuzadi.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
24-mavzu: Onalarni ardoqlab (8 mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan).
Kun shiori: “Bag`ishlading jonimga huzur, ko`zlarimga bera olding nur”.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, aziz onajonlarimizga bo`lgan mehrni va hurmatni yanada rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:Oy kabi qoshimda parvonam – onam
Oftobdek mehrda yagonam – onam.
Boshimga tilla toj, ko`nglimga taskin,
Tunu kun tilimda shukronam – onam.
Iqbol Mirzo
O`qituvchi:
Bolalar! Onalarimiz bizlarni voyaga yetkazish uchun mehru muhabbatini ayamay, oromidan kechib, kechalari uxlamay, tarbiyamizga mashg`ul bo`lgan. Xafa bo`lib qolsak yoki ko`nglimiz bir oz ranjisa, atrofimizda parvona bo`lgan, tobimiz qochib qolsa, huzur-halovatini yo`qotgan ham ona. Bog`bonsiz biror daraxtning mevasi yaxshi bo`lmaydi. Ona esa biz uchun bog`bondir. U doimo bizni parvarish qilish payidan bo`ladi. Buni fahmlagan har qanday bola o`z onasini barcha narsadan ustun qo`yadi va hamisha hurmat qiladi.
Aqlli farzand bir daqiqa bo`lsa ham ona mehrini sedan chiqarmaydi, kichkina ishga qo`l urganda ham onani bundan voqif qilib, uning roziligini oladi, aytgan so`zlariga quloq solib, maslahatlariga amal qiladi, har vaqt onani minnatdor qilishga urinadi.
Voyaga yetgan bolalar yaxshi tarbiya olib, biror kasb egallab olganlaridan keyin har vaqt onalari oldiga kelganlarida bir vaqtlar shu onasidan sut emib katta bo`lganlarini, uning quchog`ida parvarish topganlarini o`ylab, hech qachon onaga qattiq gapirmaydilar, yumshoq so`zlar bilan uning ko`nglini oladilar. Onaning bir vaqt o`zlari uchun chekkan jafolarini ko`z o`ngilariga keltirib, shu chekkan jafo va mehnatlarini unuttirishga urinadilar, ularning dil roziligini olib, bir umrga shodmon qiladilar.
Mustafo Homiyposhsho (Mashriqzamin Hikmat bo`stonidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |