Bir qatorli ishlash sistemasi.Bunday sistemada ishlatish quduqlarini joylashtirish sxemasiIII.6-rasmda keltirilgan. Ishlashni qatorli sistemalarini (ko‘rsatilgan to‘rtta asosiysidan tashqari) ayrim boshqa ko‘rsatkichlar bilan ta’riflash kerak. Masalan, haydovchi quduqlar 2Gh va oluvchi quduqlar 2Goqorasidagi masofadan tashqari bo‘lma yoki tasma kengligini Lt inobatga olish zarur.
Ishlatish quduqlari to‘ri zichligi SqudvaNkrko‘rsatkichi bir qatorli, uch qatorli va besh qatorli sistemalar uchun taxminan chegara tashqarisiga suv bostirishdagi kabi yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Qatorli sistemalar uchun ko‘rsatkichi chegara tashqarisiga suv bostirish sistemalariga nisbatan yaqqolroq ifodalangan. Ammo u ba’zi oraliqlarda o‘zgarishi mumkin. Masalan, ko‘rilayotgan bir qatorli sistema uchun Bu degani haydovchi quduqlar soni oluvchi quduqlar soniga (taxminan) teng, chunki qatorlardagi bu quduqlar soni va ular orasidagi masofalar (2Goqva2Gh) turlicha bo‘lishi mumkin. Suv bostirish qo‘llanilganda tasma kengligi 1-1,5 km ga teng, neft beraolishlikni oshirish usullari qo‘llanilganda esa kichikroq bo‘lishi mumkin.
| III.6-rasm. Bir qatorli ishlash sistemasida ishlatish quduqlarini joylashishi:
2-haydovchi quduqlar; 3-oluvchi quduqlar
| Bir qatorli sistemada oluvchi va haydovchi quduqlar soni taxminan tengligi sababli, bu sistema juda jadaldir. Qattiq suv tazyiqli rejimda oluvchi quduqlarning debiti haydovchi quduqlarga haydalayotgan omil sarfiga teng. Bu sistemani ta’sir bilan kattaroq qamrab olishni ta’minlash maqsadida kichik o‘tkazuvchanli va bir turli bo‘lmagan qatlamlarni ishlashda foydalaniladi. Konlarda qatlamlarni neft beraolishligini oshirishni yangi texnologiyalarini sinashda ham ushbu sistema keng qo‘llaniladi, chunki u tajriba ishlarining natijalarini tez olish imkoniyatini ta’minlaydi. Bir qatorli sistemada, hamma qatorli sistemalardagi kabi, qatorlardagi haydovchi va oluvchi quduqlar sonining turlicha bo‘lishi sababli, bir turli bo‘lmagan qatlamni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish maqsadida haydovchi quduqlarni turli qatlamchalarga ta’sir etish uchun foydalanish mumkin. Quduqlar geometrik tartibli joylashgan hamma sistemalarda, ushbu sistemalarga xos bo‘lgan, elementar qismni (elementni) ajratish mumkin. Elementlarni qo‘shish natijasida to‘liq ishlash sistemasi hosil qilinadi. Qatorli sistemalarda qatorlardagi haydovchi va oluvchi quduqlar soni turlicha bo‘lganligi sababli, ulardagi quduqlarni joylashishi shartli ravishda geometrik tartiblidir. Shuning uchun ajratilgan element ham shartlidir. Bir qatorli ishlash sistemasi elementi III.7-rasmda keltirilgan. Ushbu chizmaning chap qismida ko‘rsatilgan quduqlarni shaxmatli joylashishiga haydovchi 1 va oluvchi quduq 3, o‘ng qismida ko‘rsatilgan “chiziqli” joylashishiga esa haydovchi 2 va oluvchi quduq 4 mos keladi. Ishlatish quduqlarini shaxmatli va chiziqli joylashtirish nafaqat bir qatorli balki ko‘p qatorli ishlash sistemalarida qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |