Xisob qismi
Nazariy tadqiqotlar, ko‘plab eksperimentlar va neft konlarini ishlash malakasi shuni ko‘rsatadiki, qatlamni ishlash rejimining samaradorligi turlicha. Odatda qatlamlarni ishlash rejimlarining samaradorligi neft beraolishlik koeffitsienti kattaligi bilan belgilanadi. Uning qiymatlari quyidagi oraliqlarda o‘zgaradi:
Suv tazyiqi rejimi – 0,6-0,8;
Gaz do’ppisi rejimi – 0,4-0,6;
Erigan gaz rejimi – 0,2-0,4;
Tarang-suv tazyiqi rejimi – 0,5-0,7;
Gravitatsion rejim – 0,1-0,2.
Neft beraolishlik koeffitsientini hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
η = BОZ/BBZ = Kkam • Ksiq.ch,
bu yerda BOZ, BBZ – mos ravishda neftning boshlang’ich olinadigan va boshlang’ich balans zaxiralari; Kkam, Ksik.ch – qamrab olish va siqib chiqarish koeffitsientlari.
Rejimlarni almashinishini asosiy sababi neft uyumida energiya zaxirasining kamligi tufayli bosimni tushishi hisoblanadi.
Xulosa
Geologik sharoitlar u yoki bu qatlam rejimini hosil qilishda katta ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek qatlam rejimini namoyon bo‘lish xususiyatini belgilab beradi.Qatlam ishlash rejimini xususiyatiga va uni samaradorligiga quyidagilar katta ta’sir ko‘rsatadi:
kollektorlarning o‘tkazuvchanligi;
qatlamni egilish burchaklari;
uyumdan qatlamning yer yuzasiga chiqishigacha bo‘lgan masofa;
qatlamni boshlang’ich neft, gaz va suvga to‘yinganligi;
qatlamni g’ovak muhitini tuzilishi;
neft va qatlam suvining qovushqoqligi;
uyumning chegara tashqarisi hududi bilan gidrodinamik aloqasi.
Kollektorlarning yaxshi o‘tkazuvchanligi va neftning qovushqoqligining pastligi tazyiqli rejimlarni: suv tazyiqi, tarang-suv tazyiqi va gaz tazyiqi rejimlarini rivojlanishiga imkon beruvchi asosiy omil (yaxshi gidrodinamik aloqa mavjud bo‘lganda) hisoblanadi.Qachon-ki neft uyumi qatlamni atmosfera va tashqi suvlar bilan to’laqonli to‘yinishi sodir bo‘ladigan, qatlamni yer yuzasiga chiqish joyiga yaqin bo‘lsa, suv tazyiqi rejimi uchun yaxshi sharoit yaratiladi.Qachon-ki neft uyumi qatlamni yer yuzasiga chiqish joyidan yuzlab kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, tarang-suv tazyiqi rejimi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi.Pq< Pto‘y pasayishiga olib keluvchi neft olish sur’atining Ts ning yuqori ko‘rsatgichlarida, qatlamning o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lganda gaz tazyiqi rejimiga yoki erigan gaz rejimiga o‘tish mumkin.Gaz tazyiqi rejimi shunday holatda rivojlanadi-ki, unda ajralgan gaz pufakchalari asosan qatlamning yuqori qismiga ko‘chadi va u yerda gaz do‘ppisi hosil qiladi. Gaz pufakchalarining bunday ko‘chishiga egilish burchagining yetarli darajada tikligi va neft qovushqoqligining kichikligi yordam beradi.Qatlamning egilish burchagi past bo‘lganda gaz pufakchalari yaqindagi quduqlar tubiga harakat qiladi, bu esa qatlamda erigan gaz rejimi ishlayotgandan dalolat beradi.Gaz energiyasi sarflanib bo‘lgandan keyin rejim gravitatsionga o‘tadi. Agarda qatlamni egilish burchagi tik bo‘lsa, tazyiqli gravitatsion rejim, agarda burchaklar juda qiya bo‘lsa – erkin yuzali neftli gravitatsion rejim rivojlanadi.Qatlam o‘tkazuvchanligini pastligi va neft qovushqoqligining kattaligi harakatga qarshilikni ko‘paytiradi, bu esa qandaydir tazyiqli rejimni rivojlanishiga yo‘l qo’ymaydi. Shuning uchun bunday qatlamlarda ishlatishni boshidan erigan gaz rejimi rivojlanadi, gaz energiyasi sarflanib bo‘lgandan keyin rejim gravitatsionga o‘tadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.X.Agzamov, N.X.Ermatov, N.M.Avlayarova, B.Y.Nomozov Neft konlarini ishlatish. Darslik. Toshkent, 2019, 317 bet
2. Agzamov A.X. Neft konlarini ishlash va loyihalashtirish, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, 2005, 283bet
Do'stlaringiz bilan baham: |