III.14-rasm. To‘qqiz nuqtali ishlash sistemasida ishlatish quduqlarini joylashishi:1-neftlilikning shartli chegarasi; 2 va 3-mos ravishda oluvchi va haydovchi quduqlar
|
To‘qqiz nuqtali sistema (III.14-rasm). Bu sistemada haydovchi va oluvchi quduqlari nisbati 1:3 ga teng, shuning uchun .
Ko‘rib chiqilgan ishlatish quduqlarini maydon bo‘ylab joylashtirish sistemalaridan eng jadali besh nuqtali, nisbatan susti to‘qqiz nuqtali. Maydon bo‘ylab ishlatish quduqlarini hamma joylashtirish sistemalari “qattiq” hisoblanadi.
Ammo ishlatish quduqlarini maydon bo‘ylab joylashtirish sistemalaridan foydalanishda, qatorliga nisbatan qatlamga jamlangan ta’sir etish imkonini beruvchi, muhim afzallikga erishiladi. Bu maydon bo‘ylab katta turlilikka ega bo‘lgan qatlamlarni ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Katta turli qatlamlarni ishlashda qatorli sistemalar qo‘llansa, qatlamga haydalayotgan suv yoki boshqa omillar alohida qatorlarda jamlangan bo‘ladi. Ishlatish quduqlarini maydon bo‘ylab joylashtirish sistemalarida haydovchi quduqlar maydonda ko‘proq jamlangan bo‘lib qatlamni ayrim qismlariga katta ta’sir etish imkoniyatini yaratadi.
Qatorli sistemalarni ishlatish quduqlarini maydon bo‘ylab joylashtirishga nisbatan o‘zgartirish oson bo‘lganligi sababli qatlamni ta’sir bilan vertikal yo‘nalishda qamrab olinganligini oshirishda ustunlikka ega. Shuning uchun qatorli sistemalarni kesimi bo‘yicha katta turli bo‘lgan qatlamlarda qo‘llash maqsadga muvofiq.
Oxirgi ishlash bosqichida qatlamning asosiy qismi neftni siqib chiqaruvchi omil (masalan, suv) bilan egallangan bo‘ladi. Ammo, suv haydash quduqlaridan oluvchi quduqlar tomon harakatida, qatlamni boshlang‘ich neftga to‘yinganligiga yaqin, yuqori neftga to‘yingan qatlam qismlarini qoldirib ketadi. Besh nuqtali ishlash sistemasidagi qatlamdagi neft qoldiqlari keltirilgan. Ulardan neftni olish uchun rezerv quduqlar hisobidan oluvchi quduqlari burg‘ilanadi va natijada to‘qqiz nuqtali sistemaga o‘tiladi.
Ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari quyidagi ishlash sistemalari qo‘llaniladi; to‘siqli suv bostirish sistemasi, neft-gaz uyumlarini ishlashda qo‘llaniladi; ko‘rsatilgan ishlash sistemalarini birgalikda qo‘llanilishidan iborat-aralash sistemalar, katta neft uyumlarini va murakkab geologik-fizik xususiyatli konlarni ishlashda qo‘llaniladi.
Ulardan tashqari, neft konlarini ishlashni tartiblashtirish uchun qo‘llaniladigan, avval bo‘lgan sistemani o‘zgartirishga asoslangan, o‘choqsimon va tanlab suv bostirish qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |