to’g’risida fikr
yuritishimiz mumkin. Biz tabiat to’g’risida, umuman qonun to’g’risida, miqdor
to’g’risida, sifat to’g’risida, tenglik to’g’risida, borliq to’g’risida abstrakt fikr
yuritishimiz mumkin (va fikr yuritamiz). Biz chek-sizlik to’g’risida ham fikr
yuritishimiz mumkin.
Abstrakt tafakkur haqiqatga erishishga va voqelikni yana ham chuqurroq
hamda to’laroq bilishga olib boradigan yo’llardir.
Ammo biz abstrakt tafakkurning xususiyatlari to’g’risida gapirganimizda
shuni nazarda tutishimiz lozimki, bu tafakkur va aniq tafakkur odamning yaxlit
tafakkurini tashkil qiladi, bu ikkala tafakkur bir-biriga chambarchas
bog’langandir.
Bu bog’lanish avalo shundaki, abstrakt tafakkur tarixan aniq tafakkur asosida
taraqqiy qilgan. Xuddi shuningdek, har bir kishining individual hayotida ham
abstrakt tafakkur aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Bolaning eng dastlabki
tafakkuri aniq tafakkurdir. Bolaning aniq tafakku-ri jarayonida tushunchalar
hosil bo’la boshlaganida va shu tushunchalar o’zlashtirila boshlaganidagina
shu paytdan boshlab, bolada abstrakt tafakkur ham pay do bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |