Aniq va abstrakt tafakkur
Tafakkur — aniq tafakkur va abstrakt tafakkur deb ikkiga bo’linadi. Agar
biz fikr yuritilayotgan narsani idrok qilsak yoki tasavur qilsak, bu tafakkur
aniq tafakkur deb ataladi.
Bizning o’zimiz shu onda turgan xonamiz to’g’risidagi muhokamalarimiz
mana shunday aniq tafakkurning bir misolidir. Biz tasavur qi-lishimiz mumkin
bo’lgan biror daryo to’g’risidagi, biror qurilish to’g’risidagi, biror tarixiy
voqealar to’g’risidagi muhokamalar ham aniq tafakkurga misol bo’la oladi. Bu
— narsalarning obrazlariga bevosita tayanuvchi tafakkurdir. Bu — yaqqol
tafakkurdir.
Aniq tafakkur ham predmetli-yaqqol tafakkur va yaqqol-obrazli tafakkur
deb ikkiga bo’linadi. Tafakkur obekti bevosita idrok qilinadigan tafakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |