Ushbu amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi Urganch Davlat Universiteti Kengashining 20 yil dagi “ ” –sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: U. Q. Abdurahimov



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana26.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#467125
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Farmokognoziya amaliy namunaviy qo\'y

5. Mеtod F.S.M.U. trеningi. 
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab 
ko’rsating.
M – ko’rsatgan sababingizni 
isbotlovchi dalil ko’rsating.
U – fikringizni umumlashtiring.


26 
Ob’yektlarni o’rganish:
o’tkir bargli sano, rovoch, otquloq, bo’yoqdor ro’yan, 
aloe. a) o’simlik tashqi ko’rinishini (morfologiyasi) tasvirlash; b) mahsulotning 
tashqi ko’rinishini tasvirlash; v) sano bargini (xloralgidrat ertmasidagi tashqi 
preparati), rovoch ildizi (xloralgidrat va ishqordagi kukuni ) ni mikroskopik 
o’rganish; g) o’rganilayotgan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi, ishlatilishi va dori 
turlarini o’rganish.
Sano barglari
- (Листья сенны, александрийский лист) - Folia Sennae Sano 
mevasi - ( александрийский стручок) - Fructus Sennae O’simlikning nomi.


27 
O’tkir bargli sano
- (Кассия остролистная) - Cassia acutifolia Del. Tor bargli sano 
- (Кассия узколистная) - Cassia angustifolia Vahl. 
 Oilasi.
Dukkakdoshlar - (Бобовые) - Fabaceae. Oilachasi: Caеsalpinoidae. Sano - 
bo’yi 1 m li, poyasi shohlangan yarim buta. Barglari ketma-ket, toq patli murakkab 
barg, bargchalari tekis qirrali, asosi ozgina assimetrik, lantsesimon yoki uzunchoq-
lantsesimon.
Gullari shingilga to’plangan, zigomorf. Gulkosachabargi besh bargli. Gultojibargli 
5 ta katta, sariq, erkin joylashgan tojbarglardan tashkil topgan. Otaligi 10 ta hammasi 
erkin holda.
Mevasi-ozgina ezilgan, qalin qobiqli, yassi dukkak. Mahsulotning tashqi ko’rinishi. 
Mahsulot toq patli murakkab bargning bargchalaridan iborat. Bargchalar yupqa, tez 
sinadigan, uzunchoq-lantsesimon shaklli, asosida ikki yoki bir-biriga teng emas, 
qirralari tekis. Asosiy tomiri va ikkilamchi tomirlari pastki tomonida ajralib turadi. 
Ikkilamchi tomirlar asosiy tomirdan o’tkir burchak hosil qilib chiqadi va barg 
qirrasiga parallel holidagi yoy hosil qilib qo’shilib ketadi. Barglarning rangi kulrang 
- yashil, xidi kuchsiz, o’ziga xos. Mazasi shilliqsimon-achchiqroq. Sonli 
ko’rsatkichlari. Namligi 12% dan, kuli 12% dan, qoraygan va sarg’aygan barglari 
0,5% dan, teshigining diametri 1 mm bo’lgan elakdan o’tuvchi maydalangan barglar 
1% dan, poya, gul va organik aralashmalar 1,5% dan yuqori bo’lmasligi kerak. Sano 
mevasi keng oval shaklli, ba’zida egilgan, qabariq, quruq, ko’p urug’li, qo’ng’ir-
yashil dukkak. Mikroskopiyasi. Bargning xloralgidrat eritmasida tashqi preparati 
ko’riladi (bargni ishqorda qaynatgandan so’ng). Epidermis ko’pburchak shaklli 
uncha katta bo’lmagan xujayralardan tashkil topgan. Bir xujayrali, ozgina egilgan, 
dag’al so’galli oddiy tuklar butun barg yuzasi bo’ylab ko’p miqdorda joylashgan. 
Ko’p xollarda tuklar tushib ketadi va tuk joylashgan yerda radius bo’ylab joylashgan 
xujayralar bilan o’ralgan yumaloq o’rni qoladi. Barg mezofillida ko’p miqdorda 
kaltsiy oksalat druzlari ko’rinadi. Barg tomirlari prizma shaklidagi kaltsiy oksalat 
kristallari saqlagan xujayralar bilan qoplangan. Kimyoviy tarkibi. Sano bargi 3% 
gacha 
antratsen 
unumlari 

aloe-emodin, 
glyukorein, dimer birikmalar - A va B 
sennozidlarini, 
kempferol, 
izoramnetin 
flavonollari ularning glikozidlarini, organik 
kislotalarini saqlaydi. Ichakni og’ritadigan noxush 
ta’sir chaqiruvchi smolasimon moddalar ham bor. 
Sano mevasi - dukkaklari ham bargi saqlaydigan 
antraglikozidlarni 
saqlaydi 
(faqat 
kamroq 
miqdorda). 
Ishlatilishi va dori turlari. Sano bargini damlamasi tavsiya qilinadi. Suvli damlama 
soviganidan so’ng tushadigan cho’kmani filtrlab smolasimon moddalardan qutulish 
mumkin. Sanoning quruq ekstrakti “Senade” tabletkasi tarkibiga kiradi. Sano 
barglari bavosilga qarshi va surgi sifatida ishlatiladigan yig’malar tarkibiga kiradi. 
Sano dukkaklarida smolasimon moddalar yo’q, shuning uchun undan olingan 


28 
damlamaning surgi ta’siri yumshoqroqdir. Rovoch ildizlari - (Корни ревеня) - 
Radices Rhei O’simlikning nomi. Tangut rovochi -(Ревень тангутский)- Rheum 
palmatum var tanguticum Maxim. Oilasi. Torondoshlar -(Гречишные)- 
Polygonaceae. Rovoch - balandligi 2,5 m bo’lgan juda yirik o’t o’simlik. Ildizpoyasi 
kalta, ko’p boshli, to’q qo’ng’ir, sariq go’shtdor ildizi bilan ildiz oldi barglari 
rozetkaga to’plangan, bandli, bandi qizg’ish 30 sm gacha uzunlikda va barg 
plastinkasi 75 sm gacha, keng tuxumsimon, 5-7 bo’lakli. 
Poyadagi barglari kalta bandli ketma-ket joylashgan, asosida yandosh bargchalardan 
iborat parda bo’ladi. Gullari ro’vakka to’plangan, olti bo’lakli, gulkosachasimon, 
oqish-pushti yoki qizil. Otaligi 9 ta, onaligi 3 ta ustunchali. Mevasi- qo’ngir, qizil 
tusli, 3 ta qonatli pista. Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Mahsulot ildiz va ildizpoya 
bo’laklaridan tashkil topgan. Ildizlari silindrsimon, qalin, tashqi tomonida to’q 
qo’ng’ir probkasi bor, ichki tomoni qo’ng’ir yoki zarg’aldoq-qo’ng’ir rangli. Kesimi 
tekis, donador, oqish-zarg’aldoq. Rangli mahsulot o’ziga xos hidga va achchiq 
burishtiruvchi mazaga ega. Chaynaganda tishlar orasida qichirlaydi (yirik druzlar) 
va bunda tufuk pushti rangga bo’yaladi. Sonli ko’rsatkichlari. Ekstraktiv moddalari 
33% dan kam bo’lmasligi, namligi 12% dan, umuniy kuli 8% dan, 10% li xlorid 
kislotada erimaydigan kul 1% dan, 3 mm diametrli elakdan o’tuvchi rovochning 
maydalangan qismlari 5% dan, organik aralashmalar 0,5% dan, mineral 
aralashmalar 0,5% dan yuqori bo’lmasligi kerak. XI - DF si stilben unumlariga 
qarashli rapontitsin glikozidi saqlovchi Rheum rhaponticum L.-qora dengiz rovochi 
yo’qligini tekshirishni talab qiladi. Mikroskopiyasi. Rovoch ildizining kukunini 
ishqor eritmasida ko’riladi. Ko’p miqdorda o’sish markazi dumaloq nuqta shaklda 
bo’lgan oddiy va murakkab kraxmal donachalari saqlagan parenxima bo’laklari, 
probka bo’laklari, yirik, 100 mkm gacha bo’lgan kaltsiy oksalat druzlari va ularning 
siniqlari, keng to’rsimon suv naylarining bo’laklari uchraydi. Kimyoviy tarkibi. 
Rovochning ildizi va ildizpoyasida 2 xil ta’sir qiluvchi moddalar saqlanadi: 
antraglikozidlar 5% va undan ortiq namda oshlovchi moddalar 12% gacha. 
Antratsen unumlari glyuko-reum-emodin, xrizofanein, glyukorein, glyukoaloe-
emodin, antronollardan tashkil topgan. Oshlovchi moddalar gallotaninlardan iborat: 
juda ko’p kraxmal va pektin moddalari bor. 
Ishlatilishi va dori turlari. Rovoch preparatlari turlicha - quruq ekstrakt, nastoyka, 
sharbat, poroshok, tabletka. Suvli ajratmalari surgi, spirtli ajratmalari esa 
burishtiruvchi ta’sirga ega. Otquloq ildizlari - (Корни конского щавеля) - Radices 
Rumicis O’simlikning nomi. Otquloq - (Щавель конский) - Rumex confertus 
Willd. Oilasi. Torondoshlar - (Гречишные) - Polygonaceae. Kalta ko’p boshli 
ildizpoyali, balandligi 150 sm gacha bo’lgan ko’p yillik o’simlik. Barglari ketma-
ket, pastkilari uchburchak tuxumsimon, asosi yuraksimon, to’mtoq, 2,5 sm gacha 
uzunlikda, to’lqinsimon qirrali, poyadagi barglari asta kichrayib boruvchi 
tuxumsimon-lantsesimon barg bandi asosida o’rama bargchalardan iborat pardasi-
rastrubi bo’ladi. To’pguli ingichka supurgisimon, gullari mayda, yashil, 
gulqo’rg’oni oddiy 6 ta bargchali. Otaligi 8, mevasi och jigar rangli, tuxumsimon, 3 
qirrali yong’oqcha. Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Ko’p qismi ajratilgan, quritilgan 


29 
ildiz bo’laklari. Tashqi tomonidan ular qora qo’ng’ir rangli probka bilan qoplangan, 
ikki tomoni zarg’aldoq-sariq rangli. Mazasi achchiq burishtiruvchi, xidi kuchsiz, 
o’ziga xos. Кimyoviy tarkibi. Ildizida 4% antraglikozidlar, reum-emodin va 
xrizafanol saqlanadi. Kondensatsiyalangan oshlovchi moddalar 13-15%, 
flavanoidlar, vitamin K, smolalar, temir, organik kislotalar bor. Ishlatilishi va dori 
turlari. Otquloqning qaynatmasi, poroshogi, ekstrakti kolit, enterokolit, orqa 
chiqaruv teshigi yorilishlarini davolashda, gijja haydovchi va qon to’xtatuvchi 
sifatida, hamda stomatit, gingivit, angina va boshqa tomoq-xalqum kasalliklarida 
chayqash uchun tavsiya etiladi. 
Ro’yan ildizpoyalari - 
(Корневища 
марены 
красильной) 

Rhizomata 
Rubiae 
O’simlikning 
nomi. 
Bo’yoqdor 
ro’yan 

(Марена красильная) - 
Rubia tinctorum. Oilasi. 
Ro’yandoshlar 

(Мареновые) 

Rubiaceae. 
Bo’yoqdor 
ro’yan - uzun, gorizontal 
ildizpoyali ko’p yillik o’t 
o’simlik. Poyasi osilib 
o’suvchi, uzunligi 105 
sm gacha, to’rt qirrali. 
Barglari 4-6 tadan 1 yerga to’plangan, tuksiz, uzunligi 10 sm, kengligi 3 sm, 
lantsesimon yoki ellipssimon, o’tkir uchli, bandsiz, chetlari va tomirining asosi 
tikanli. Gullari mayda, yashil-sariq rangli, shohlangan yarim soyabonga to’plangan. 
Gulkosachabargi ko’rimsiz, gultojibargi qo’shilib o’sib ketgan, beshta, onalik tuguni 
2 honali. Mevasi 1 – 2 urugli sharcimon, avval qizil, so’ngra qora rangli meva. 
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Silindrsimon, uzunasiga joylashgan ajinli, qalinligi 
3-10 mm li ildizpoya. Tashqi tomondan rangi qizil-qo’ng’ir, ko’ndalang kesimida 
qizg’ish-qo’ng’ir rangli po’stloq va zarg’aldoq-qizil rangli o’zak qismi ko’rinadi. 
Markazida bo’shliq bo’lib, o’ziga xos, kuchsiz hidli, mazasi chuchmal, so’ngra 
burishtiruvchi va achchiq. Sonli ko’rsatkichlari. Namligi 13% dan, 1 smdan kichik 
bo’lgan bo’laklar 5% dan, organik aralashmalar 1% dan, mineral aralashmalar 1% 
dan yuqori bo’lmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. 5-6% asosiy glikozidi ruberitrin 
kislotasi va boshqa antratsen unumlarini, organik kislotalar, qandlar, pektin 
moddalari va oqsillar saqlaydi. 
“Vertushka” treningi. 
Bu usulda talabalar ikki guruhga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval beriladi. 
Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, so’ngra bu jadval 3-5 marta boshqa 
guruhga aylana bo’yicha o’tadi. Talabalar yana o’z fikrlarini bildiradilar. Ohirida 


30 
o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida 
umumlashtirilib, to’g’ri javob aniqlanadi.
Berilgan o’simlik oilalarini aniqlang. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish