Urushdan keyingi yillarda o'zbekiston xalq xo'jaligining tiklanishi


II-Bob. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi rivojlanish darajasi



Download 126,5 Kb.
bet9/11
Sana24.07.2021
Hajmi126,5 Kb.
#127564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGI TARKIBI XUSUSIYATLARI VA RIOVJLANISH DARAJASI

II-Bob. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi rivojlanish darajasi

2.1.Quloqlarning surgun qilinishi
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo’lgan, demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos ravishda jahon hamjamiyatiga kirishishi mumkinligiga asoslanadi.

Mamlakat jahon hamjamiyati bilan hamkorlik o’rnatgan taqdirdagina, ya'ni xalqaro mehnat taqsimotida o’zining munosib o’rnini topganda, mintaqa va butun dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina uni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning yangi sifat bosqichga olib chiqish imkoniyatlari kengayadi.

O’zbekiston Respublikasi rivojlanish va taraqqiyot yo’liga qadam qo’yib, iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ko’pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a'zolari saflga kirib kelmoqda. Qisqa vaqt oralig’ida respublika XVF, Jahon banki, XMT, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST), Osiyo va Tinch okeani ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi (OTIIK), ETTB, Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK), Hamdo’stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (XMIT) va shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.

Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida so’z borganda, BMT faoliyatida O’zbekistonning ishtiroki e'tiborga loyiq hodisa. Faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta'minlashga qaratilgan diplomatiyadan to tinchlik o’rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo’lgan vositalarga ega.

Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning strategik maqsadi - davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O’zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: EI, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (EHHT), Shimoliy Atlantika bloki (NATO), Qo’shilmaslik Harakati va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

1996 yilning iyul oyida Florentsiyada O’zbekiston bilan EI Kengashi o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi. Imzolangan ushbu bitim O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlashga qaratilgan yana bir muhim hissa bo’lib, bu sherikchilik iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalarni va siyosiy sohalarni qamrab oladi.

Jahon banki bilan birgalikda O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va to’lov balansini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va korxonalar darajasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun tiklanish qarzi berish to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi va amalga oshirilmoqda.


Tashqi iqtisodiy aloqalar majmuasining milliy iqtisodiyotga ta'sir ko’rsatishi muayyan miqdor va sifat ko’rsatkichlarida baholanadi.

Eng avvalo, respublikaning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtiroki va ularga jalb etilishining qanday ekanligini bilish muhimdir. Bu eksportning YAIMga nisbati bilan belgilanadi hamda u mamlakatning eksport kvotasi deb ataladi. U qancha yuqori bo’lsa, mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga shu qadar yuqori darajada jalb etilgan bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyada 25-30 foiz, Yaponiyada 18 foiz atrofida. O’zbekistonda eksportning YAIMdagi ulushi 10-12 foizni tashkil etmoqda.

Biroq, ushbu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini ko’rsatmaydi. Shu sababli, mamlakatning xalqaro munosabatlardagi ishtirokini aks ettiruvchi yana bir ko’rsatkich - eksportning mamlakat sanoat ishlab chiqarishiga nisbatidan foydalaniladi. Rivojlangan mamlakatlar uchun mazkur ko’rsatkich taxminan 40-50 foizga teng. Bu esa, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarga jalb etilganligining yana bir ko’rsatkichi - eksportning elastikligi (eksport va YAMM o’sish sur’atlarining nisbati) bilan ham belgilanadi. EIastiklikning birlikdan yuqori bo’lishi mamlakatning xalqaro iqtisodiy operatsiyalarda shuncha ko’p ishtirok etishini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalardan keladigan samara juda ko’p miqdordagi eksport, import, kredit va boshqa operatsiyalar, shuningdek, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha barcha ishtirokchilarning bu sohadagi faoliyati natijalaridan tarkib topadi.

Hozirgi bosqichda har qanday davlatning tez sur’atlarda rivojlanishini xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib ta'minlab bo’lmaydi. Tashqi iqtisodiy munosabatlar ham yangi sifatlarga ega bo’lib bormoqda: ikki mamlakatning xo’jalik vakillari o’rtasida savdo va xizmat ko’rsatishdan tashqari, alohida ishlab chiqarish, moliya va savdo-moliya aloqalari ham rivojlanmoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining o’sib borishi, shuningdek, sotsialistik tizimning parchalanishi va bir qancha yangi mamlaqatlaming jahon bozorlariga qo’shilishi, sarmoya jalb qiluvchi mamlakatlar uchun yangi muhim jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bu jarayonlarga quyidagilar kiradi:

Transmilliy korporatsiyalar (TMK) o’rtasida raqobat kurashi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tobora baynalmilallashuvi va erkinlashuvi milliy kompaniyalarning "bandargoxida" xavfsizlikda yashashga tobora kamroq imkoniyatlar qoldirmoqda. Milliy kompaniyalarni iste'molchi va mahsulot sotish bozorlari uchun TMK bilan raqobat qilishga majbur etmoqda. Natijada, TMKlar yanada "sezilarli" darajada mahsulotni arzonlashtirmoqda va uning sifatini yaxshilash sari bormoqda. Mazkur tamoyil rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotiga ega mamlaqatlaming (tegishli sharoitlar mavjud bo’lganda) yuqorida tilga olingan jarayonga o’zining ilmiy va intellektual quvvatini jalb etish imkoniyatlarini oshiradi.

Mamlakatlar o’rtasida investitsiyalar uchun raqobat kurashi. TMKlar tomonidan ajratilgan investitsiyalar hajmi o’sish sur’atlarining asosiy sabablaridan biri - ulaming o’zi bilan mablag’, menejment, nau-xau kabi yaqqol ajralib turadigan va sezilmaydigan juda ko’p aktivlar, shuningdek, jahon bozorlarida ishlash tajribalarini va ko’nikmalami olib kirishi bilan izohlanadi. Natijada, keyingi yillarda nafaqat rivojlanayotgan mamlaqatlaming, balki rivojlangan mamlakat hukumatlarining ham investorlar uchun qulay muhitni shakllantirishga intilishi ortmoqda. Ushbu, birinchi navbatda, huquqiy sohaga tegishli bo’lib, birgina 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida, dunyoda chet el investitsiyalari bo’yicha mavjud qonun hujjatlariga 373 ta o’zgartirishlar kiritilgan. Ulardan 368 tasi qonunchilikni erkinlashtirishga bag’ishlangan. O’tgan asming 90-yillari o’rtalarida investitsiyalami o’zaro himoya qilish bo’yicha 900 dan ortiq ikki tomonlama bitimlar tuzilgan.

Xorijiy sarmoyadorlar, potentsial investorlar birinchi navbatda foyda olishdan manfaatdor, ammo investitsiyalar bilan bog’liq risklar ulami jiddiy havotirga soladi. Investorlarni o’ziga tortadigan asosiy omillar: rivojlangan infratuzilma, ishonchli va malakali mehnat resurslari, daromad va kapitalni chet elga o’tkazish, huquqiy kafolatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik kabilardan iborat.

Bugungi kunda bevosita investitsiya oqimi foyda olishning yangi imkoniyatlariga chaqqon yuz tutadi va shuning uchun ham, u ishlab chiqarish, ish haki potentsial mehnat unumdorligiga nisbatan past bo’lgan joylarga ko’chmoqda. Mamlakatga chet el mablag’larini TMKlar quchok ochib foydalanishga tayyor turgan ichki bozordagi homiylik hisobiga emas, balki oqilona iqtisodiy tamoyillar asosida jalb etish muhimdir.



Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish