uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o’zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o’sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma'lumotlariga ko’ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha o’sgan. Shu vaqt oralig’ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH dollariga o’sdi. Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko’plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o’sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o’rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. Shu davrda Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH dollariga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |