MAVZU-5. BYUDJET-SOLIQ SEKTORI MAKROIQTISIDY TAHLILI
5
.
1 “Davlat boshqaruv organlari” tushunchasiga izoh
“DMO bo‘yicha qo‘llanma”ning boshidayoq davlat boshqaruv organlari
funksiyalariga izoh beriladi: imtiyozli bozor xizmatlarni taklif qilish yo‘li bilan
davlat siyosatini olib borish va daromadlarni, asosan, boshqa sektorga solingan soliq
hisobidan qayta taqsimlash.
Davlat sektori, funksiyalari ushbu izohga mos keluvchi tuzilmaviy birliklarni
o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektorlari quyidagilardan iborat:
huquqiy jihatdan butun davlat hududida kuchga ega bo‘lgan markaziy
hukumat;
davlat hududining bir bo‘lagida markaziy hukumatga bog‘liq bo‘lmagan
holda vakolatga ega bo‘lgan shtatlar, viloyatlar, regionlar hokimiyati;
turli kichik ma’muriy birliklar hududida mustaqil vakolatga ega bo‘lgan
mahalliy boshqaruv organi;
faqat davlat hududida soliqqa tortish va davlat xarajatlari sohasidagi ba’zi
funksiyalarni bajaruvchi har qanday milliy boshqarmalar.
Ijtimoiy ta’minot fondlari, yuqorida izohlangan ko‘rinishda davlat sektoriga
tegishli bo‘ladi Ularga markaziy hokimiyat yoki davlat boshqaruv sektorining
alohida sub’ektlari sifatida emas, balki bu fondlar amal qiladigan darajadagi davlat
boshqaruv organlari sifatida, davlat boshqaruv organlari darajasiga tegishli bo‘lgan
tashkilotlarga, ularning bir bo‘lagi sifatida qaraladi. Bunday tashkilotlarga misol
tariqasida davlat boshqaruv organlarining nashriyotchilik xizmatlari, jamoatchilik
binolaridagi davlat oshxonalari, shuningdek davlat sektoridagi ishchilarga ijaraga
beriladigan turar joylarni olish mumkin.
Davlat tashkilotlari davlat sektoridan alohida qaraladi. Davlat mulki
hisoblanuvchi va davlat tomondan boshqaruvchi va davlat tomonidan
boshqariluvchi ishlab chiqarish birliklari va korporatsiya hisoblangan yoki davlat
sektori tovar va xizmatlarining ma’lum hajmini sotuvchi joriy birliklar, moliyaviy
tashkilotlar sektorining davlatga tegishli bo‘lgan qismi sifatida qaraladi. bunga misol
qilib, milliylashtirilgan yoki davlat tomonidan asos solingan, davlat mulki
hisoblangan temir yo‘l, aviakompaniyalar, pochtani olish mumkin. Joriy, tez va
jamg‘arish depozitlarini qabul qiluvchi yoki majburiyatlarni to‘lovchi va bozorda
moliyaviy aktivlarga ega bo‘luvchi davlatga tegishli bo‘lgan yoki davlat tomonidan
boshqariladigan moliyaviy muammolar, moliyaviy tashkilotlar sektorining davlatga
tegishli qismi sifatida qaraladi. SHu sektorga shartli ravishda davlat boshqaruv
organlarining bo‘lagi sifatida qaralmaydigan Markaziy Bankni ham kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |