Urug'lar tozaligi — urug'larning ekishga yaroqliligini ko'rsatuvchi
asosiy mezonlardan biri. Urug'lik materialning tozaligi, undagi asosiy
ekin urug'larining umumiy massaga nisbatan foiz hisobida ifodalanishidir.
Aralashmalar qancha kam bo'lsa urug' tozaligi shuncha yuqori bo'ladi.
Toza u rug'lar o'zlarining biologik xususiyatlari (uzoq yashashi,
unuvchanligi)ni yaxshi saqlaydi, ekishga kam sarflanadi.
Juda ko'p ekinlar urug'larining tozaligi birinchi sinf urug'larda 99%,
ikkinchi va uchinchilarda 98 va 97% tashkil qiladi.
Urug'likda boshqa madaniy o'simliklar va begona o'tlarning urug'i
kam bo'lishi lozim. Namunada karantin va zaharli o'tlarning urug'lari
bo'lsa bunday urug'lik partiyalari ekishga ruxsat etilmaydi.
Laboratoriya unuvchanligi deb tahlil uchun olingan urug'lar miq
doriga nisbatan m e’yorida unib chiqqan urug'lar soniga aytiladi.
Laboratoriya unuvchanligi har bir ekin uchun belgilangan muddat (odat-
da, 7—8 sutka) davomida o'stirib aniqlanadi, o'sish energiyasi qisqa
vaqt (3—4 sutka) davomida me’yorida o'sgan urug'larning foiz hisobida
ifodalanishidir. Juda ko'p dala ekinlarida unuvchanlik birinchi sinf
urug'larda 95 % dan kam bo'lmasligi talab qilinadi.
Urug'larning o'sish kuchi — maysalarning ma’lum kuch bilan qum
yoki tuproqni yorib chiqishi hamda yashil maysalarning massasi bilan
baholanadi. O'sish kuchi sog'lom maysalarning soni (% hisobida) 10
sutkadan keyin va 100 yashil maysa hisobidagi massasi bilan aniqlanadi.
Urug'larning yashovchanligi — uaig'lik materialdagi tirik urug'larning
% hisobidagi ko'rsatkichidir. Urug'larning unuvchanligi past bo'lganda
ulaming yashovchanligini aniqlash (qisqa vaqt davomida) kerak bo'ladi.
Bu usul sekin unib chiqadigan, oddiy usullar bilan unuvchanlik aniq-
langanda urug'lar tinim holatida qolaveradigan turdagi urug'lar uchun
qo'llaniladi. Yashovchanlikni aniqlashda turli bo'yovchi moddalar — tetra-
zol, indigokarmin yoki fuksindan foydalaniladi. Tetrazolning 0,5% И
eritmasi urug'ning tirik murtak hujayralarini qizil rangga bo'yasa, indi
gokarmin va nordon fuksinning 0,1% li eritmasida murtakning o'lik
hujayralari ko'k rangga kiradi.Namlik ■
— umg' sifatining eng muhim ko'rsatkichi bo'lib, ularning
saqlanishini belgilaydi. Nami ko'p bo'lganda urug'ning nafas olishi ku-
chayadi, harorat ko'tariladi, urug' o'zidan qiziy boshlaydi va ba’zan
harorat 70 °C ga yetishi mumkin. Sovuq kunlarda namligi yuqori urug'lar
unuvchanligini yo'qotadi. Davlat standard bo'yicha urug' namligi donli
ekinlarda 14%, kungaboqarda 10% dan, xantalda 12%, rapsda 8% dan
yuqori bo'lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |