boplik, hosildorlik sifati yuqori bo'lgan urug'lar yaxshi yetishtirish
texnologiyasi qo'llanilganda mo'l va sifatli hosil olishni ta’minlaydi.
Urug'shunoslikda urug'laming ekishga bop-nobopligini bilish maqsa
dida tahlil qilishning maxsus uslublari mavjud va ular Davlat Standart-
larida belgilangan. O'zbekistonda urug'lik sifatini nazorat qilishda Dav
lat Standartlaridan foydalaniladi. Urug'lar nazorati bo'yicha analizning
usul-amallari, metodlarini ishlab chiqish va standartlash ishlarini urug'lar
nazorati bo'yicha xalqaro assotsiatsiya — ISTA olib boradi.
«Qishloq xo'jalik ekinlarining urug'i, sifatini aniqlash usullari» kito-
bida uaig'lar sifatini aniqlash usullari bo'yicha Davlat standartlari belgi
langan. «Urug'laming navdorlik va ekinboplik sifatlari» kitobida ham
ma dala ekinlarining sifatiga qo'yilgan talablar keltirilgan: tozalik, namlik,
urug'lar kasalliklari va boshqa ko'rsatkichlar.
Ekinboplik sifatlariga ko'ra urug'lik sinflarga bo'linadi. Urug'lik uchun
ekilgan dalalarda faqat I sinf uaig'lar, ishlab chiqarishda I va II sinf
talablariga javob beradigan urug'lar ekiladi. Ko'pgina ekinlar uchun I
sinf urug'larda unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo'lmasligi
kerak, III sinf urug'lari ayrim hollardagina umumiy ekinzorlarga ekish
uchvm ruxsat etilishi mumkin.O'zbekistonda uaig'lik sifatlarini aniqlashni O'zDavuaig'nazoratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo'limlari amalga oshiradi.Urug'laming ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamdaagrotexnik omillar katta ta ’sir ko'rsatadi. Urug'lik yetishtirilayotgan mintaqa va obhavo sharoiti ekologik omillarning asosini tashkil qiladi.Urugclik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetish-
tirilishi maqsadga muvofiq.O'zbekiston sharoitida sug'oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug'lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo'ladi.Donning to'lish va pishish davrida issiq va havo nisbiy namligi op
timal bo'lsa, bunday urug'larning ekinboplik va hosildorlik sifatlari yu
qori bo'ladi. Namlik yuqori, havo salqin, yoki juda issiq sharoitda yetish
tirilgan URig'larning ekinboplik va hosildorlik xususiyatlari past bo'ladi.
O'simliklarning yotib qolishi, bir tomonlama azotli o'g'itlarning ko'p
qo'llanishi, o'simliklarning qalin bo'lishi urug'larning ekinboplik va hosil
dorlik sifatlarini pasaytiradi. O'simliklar yotib qolishining oldini olishda
retardantlar qo'llaniladi.Urug'chilik xo'jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug' yetish- tirishgina emas, balki har gektar yerdan maksimal hosil olish hamdir. O'simlik yuqori hosil va sifatli urug'larni faqat hamma texnologik usullar o'z vaqtida, tez va sifatli o'tkazilgandagina shakllantiradi.Urug'larning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o'sish
energiyasi, unuvchanligi, o'sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga
chidamliligi va boshqa ko'rsatkichlardan iborat. Shuning uchun urug'lik
ekinzorlar parvarishi bo'yicha alohida texnologiya qo'llanilishi zarur.
Urug'lik ekinzorlar eng yaxshi o'tmishdoshlardan keyin joylashtiri
lishi kerak. Bunda o'tmishdoshlar o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi
uchun qulay sharoit yaratishlari hamda tur va navlarning iftoslanishiga
yo'l qo'ymasligini t a ’minlashlari juda muhim.
O'zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlarini urug' uchun yetishti
rishda eng yaxshi o'tmishdoshlar — g'o'za, makkajo'xori, sabzavot ekin
lari, kartoshka, beda, dukkakli don ekinlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |