Davlat nav nazorati. Urug’likning genetik (nav) sifati dala va labaratoriyada o’tkazilgan sinov natijalari bo’yicha aniqlanadi.
Ekinbop urug’liklar yetishtirish maqsadida ekilgan navni qishloq xo’jalik ekinlari O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi belgilaydigan tartibda aprobasiya qilinadi.Ekish uchun ishlatiladigan urug’liklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim. Urug’liklarni sertifikatlash O’zoyekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo’jalik ekinlarining sifatini sertifikatlash va nazorat qilish markazi tomonidan hamda uning joylardagi bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.Standart urug’liklarga sertifikat, nostandart urug’liklarga esa ularning sifati to’g’risida talon beriladi.
Qishlok xo’jalik ekinlariiing urug’liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat kilish davlat markazi hamda uning joylardagi bo’linmalari urug’liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo’yicha davlat organlari hisoblanadi. Bu organlar byudjet hisobidan va (yoki) sinov o’tkazish hamda sertifikatlash borasidagi o’z xizmatlariga to’langan mablag’lar hisobidan pul bilan ta’minlanadi.
Urug’liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish markazi:
-barcha qishloq xo’jalik ekinlarining urug’liklari sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo’yicha joylardagi bo’linmalarning ishiga rahbarlik qiladi;
-xo’jaliklar, korxonalar, boshqa korxonalar va muassasalarda urug’liklar va ekiladigan ko’chatlarini navi hamda ekinboplik xususiyatlarini aniqlaydi;
-urug’liklarning sifatini aniqlash uslublarini ishlab chiqadi, takomillashtiradi va tasdiqlaydi.
Qishloq xo’jalik ekinlari urug’liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining boshlig’i urug’liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Nazorat qilish viloyat markazlarining boshliqlari tegishlicha qishloq xo’jalik ekinlari urug’liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat kilish bo’yicha viloyat davlat inspektorlari hisoblanadi.
Bosh davlat inspektori qishloq xo’jalik ekinlari urug’liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo’yicha davlat inspektorlari, xo’jalik ekinlari urug’liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo’yicha viloyat davlat inspektorlari, tuman inspektorlari o’z vakolatlari doirasida quyidagi xuquqlarga egadirlar:
-sifat ko’rsatgichlari qanchalik to’g’riligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida zarur tahlillar o’tkazish uchun urug’lik namunalarini tanlab olish;
-urug’likning himoya qilinadigan navlaridan g’ayri-qonuniy foydalanishini ta’qiqlash;
-har qanday urug’lik yetishtiruvchining, urug’lik yetkazib beruvchining va urug’lik bilan savdo qiluvchi tashkilotning hududiga kirish;
-urug’chilik dalalari va urug’lik turkumlariga doir zarur axborot, hujjat va namunalar olish;
-qonun hujjatlarini buzgan holda urug’lik yetishtirish, uni saqlash va sotish hollarini to’xtatib qo’yish yoki taqiqlash;
-nav va ekinboplik xususiyatiga doir sertifikat hamda fitosanitariya sertifikati va import karantnni ruxsatnomasi bo’lmagan urug’liklarni boshqa davlatlardan respublikaga olib kelishga yo’l qo’ymaslik.
«Urug’chilik to’g’risida» gi qonunning 18-moddasida: «Urug’chilik to’g’risidagi qonun xujjatlarining buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar», deb ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |