Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo`laklarga bo`linadi. Dumchaning asosi faqatgina o`q iplardan va uni o`rab turuvchi adenozintrifosfataza (ATF-aza) fermentini tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda sintezlangan ATF ni parchalaydi va shu yo`l bilan energiya ajralishini ta’minlaydi. Sitoplazmada o`q ip atrofida spiralsimon ko`rinishda nozik nplar joylashib, ularni kortikal spiral deb nomlashadi. Uq ip kiprikchalarning o`q ipiga o`xshash bo`lib, klassik tuzilishga ega.

Turli hayvonlarning spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining tuzilishi bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng.Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn minutiga 1-2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bo`ynidan to tuxum yo`lining oxirigacha bo`lgan oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o`tadi. Spermatozoid yashashga o`ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular oylab tirik saqlanadi, murdada esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya’ni termostatda urug`lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. Ularning uzoq muddat yashashi muhitning pHiga, temperaturaga, urug` suyuqlig`idagi spermatozoidlarning kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq.