ции Начальные классы Уроки 2 класс Ochiq dars :"Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar "
Ochiq dars :"Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar "
Sinf 2
Mavzu Shaxs va narsa nomini bildirgan sozlar
O'quvchilarga shaxs va narsa nomini bildirgan tushunchalar haqida ma'lumot berish
Egamova Dilrabo Izzatullayevna, 17.04.2020
2173 22
Олимпиады: Литературное чтение 1 - 4 классы
ПЕРЕЙТИ
Содержимое разработки
2-sinf
Ona tili
Dars mavzusi: Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar. 154-157-mashqlar
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlarga oid bilimlarini mustahkamlash.FK1:kim?nima? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni to`g`ri yoza oladi
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar ongiga tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, millatlararo do'stona munosabat tushunchalarini singdirish. TK5:ozodalikka rioya qilish
Rivojlantiruvchi maqsad: Og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish. Husnixat malakalarini oshirish. Tafakkurlarini kengaytirish.
Dars turi: mustahkamlash.
Dars metodi: suhbat, savol-javob, husnixat, ,,T.T.texnologiyasi”, ,,Rebus”, ,,Quvnoq jadval”
Dars jihozi: rasmlar, tarqatmalar, plakat, multimedia, darslik .
Dars borishi:
D
ars rejasi:
1.Oltin qoidalar
2.Guruhlar tanishuvi
3.5ta tashabbus
4.,,T.T” texnologiyasi
5.,,Quvnoq jadval” o`yini
6.Husnixat
7
.Boshqotirma
8.Millatim-g`ururim
9.Test sinovi
10.Tabiat qo`ynida…
11.G`olibga rag`bat
O`qituvchi:Qani, bolalar bugun hamma sog`lommi,yangi darsga tayyormisiz?
O`quvchi:Ustoz, bizlar sog`lommiz, yangi darsga tayyormiz.
O`qituvchi:Darsimiz…
O`quvchi:Ona tili jon tilim
Sen o`zingsan jon dilim
Yuragimning to`rida
Sayrab turgan bulbulim.
O`qituvchi:Keling,o`quvchilar bugun darsimizni noan`anaviy tarzda guruhlarga bo`linib, bellashib,bahslashib o`tkazamiz. Yangi yil bayrami munosabati bilan men sizlarni archa o`yinchoqlari bilan baholamoqchiman Qani qaysi guruh archasi chiroyli, o`yinchoqlari ko`p bo`lar ekan? Endi guruhlarga navbat…
So`z guruhi:Biz so`z guruhimiz!
-So`zlar shaxs va narsaning nomini harakatini, belgisini, sanog`ini bildiradi.
-So`zlar bo`g`inlardan tuziladi.Unli tovush bog`in hosil qiladi.
-So`zlar Kim? Nima? Nima qildi? Qanday? Qanaqa? Nechanchi? so’roqlariga javob bo’ladi
Gap guruhi:Biz gap guruhimiz!
Nutq guruhi-Biz nutq guruhimiz!
O`qituvchi:Balli bolajonlar!Ona tili qoidalarini yod olibsiz.
-Qaysi til ona tilimiz?
-O`zbek tili.
-O’zbek tili qachon davlat tili deb e’lon qilindi?
-1989-yil 21-oktabrda.
-O’zbek tiliga asos solgan ajdodlarimizni bilasizmi?
-M.Qoshg’ariy, Yusuf Hos Hojib, A.Navoiy.
-Ona tilimiz onaga qiyoslanadi. Yana nima onaga qiyoslanadi?
-Vatan.
-Vatanimiz qayer?
-O’zbekiston.
- O’zbekiston kelajagi buyuk davlat.
Siz O’zbekiston kelajagisiz. Prezidentimiz ta’sis etgan 5ta tashabbus-bu sizning besh imkoniyatingizdir. Bilim olishingiz uchun hamma sharoitlar bor. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, har kunimiz bayram. Dekabr oyida nishonlagan bayram, muhim sanalarni bilamizmi?
-3-dekabr Imkoniyati cheklangan bolalar kuni .
-8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
-10-dekabr O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun.
-22-dekabr O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi kuni.
-O`quvchilar bugun siz dars jarayonida Konstitutsiyani o`rganasiz. Chunki, har kim qonunni bilishi kerak, har kuni amal qilishi kerak.
-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
-Endi uyga vazifani tahlil qilamiz. Qanday topshiriq berilgan edi?
-153-mashq.
,,T.T”.texnologiyasi
Kimlar?T kishilar, o`quvchilar
Nimalar?T qalam, ruchka, o’chirg’ich, quticha, qalamdon.
O
’qituvchi: uyga vazifasini o’z vaqtida bajaring. U sizning burchingiz. Siz u bilan 100/ ta’minlangansiz, bepul ta’lim olayapsiz. Imkoniyat, sharoitdan unumli foydalanish lozim.
O’quvchi: 41-modda.
-
O’tgan darsda qaysi mavzu o’tgan edik?
-Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar.
1)Shaxs nomini bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
2)Qaysi so’zlar nima so’rog’iga javob bo’ladi?
3)Qaysi so’zlar kimlar?so’rog’iga javob bo’ladi?
4) Qaysi so’zlar nimalar? so’rog’iga javob bo’ladi?
-Keling bolalar ,,Quvnoq jadval o’yini bilan bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
Kim?
Kimlar?
Nima?
Nimalar?
-O’quvchi: 4-modda.
Husnixat mashqi.
Darslik bilan ishlash.
154-mashq.
-O’quvchi:18-modda.
Dam olish daqiqasi.
Topishmoqlar: o’zbek, rus, ingliz tilida.
Kompyuterda test sinovi.
- O’quvchi:37-modda.
156-mashq.-O’quvchi:
50 -modda.
Dars yakunlanadi. G’olib guruh aniqlanadi.
Uyga vazifa topshiriladi. 157-mashq.
-O’quvchi: 66-modda.
KATTAQO`RG`ON SHAHAR
17-IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT
UMUMTA`LIM MAKTABI
BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI
EGAMOVA DILRABONING
Mavzu: Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar. 154-157-mashqlar
2019-2020 o`quv yili
OCHIQ DARSDAN FOTOLAVHALAR
FAN: ONA TILI SINF:2-“B” O`QITUVCHI:EGAMOVA DILRABO
MAVZU: SHAXS VA NARSA NOMINI BILDIRGAN SO`ZLAR.
Сохранить у себя:
Ochiq dars :"Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar "
Do'stlaringiz bilan baham: |