Institutsional infratuzilma subyektlari
iqtisodiyotni yuritish va
faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan
bog'liq tashkiliy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma
subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari
darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish
qismlariga bo‘linadi.
Bozor
infratuzilmasi
-
jamiyatda
bozor
munosabatlarini
shakllantiruvchi va iming rivojlanishi uchun shart-sharoit
yaratib beruvchi
sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo'lishi uchun bozor infratuzilmasi
yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini biijalar, savdo uylari, savdo
kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar,
bojxona
idoralari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari va boshqa shu
kabilar tashkil etadi.
Ekologik infratuzilma subyektlari bevosita tabiat, atrof-muhit,
atmosfera ifloslanishining oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash,
fuqarolaming tabiat va atrof-muhitga bo‘ladigan salbiy ta’sirlarini
kamaytirish
bo‘yicha vakolatli davlat organlari, muhandislik inshootlari va laboratoriyalari,
shuningdek
ekologiya
bilan
shug‘ullanadigan
xalqaro
va
ijtimoiy
tashkilotlardan iborat. Ekologik infratuzilma subyektlari fan-texnika taraqqiyoti
natijasida yuzaga kelayotgan salbiy ekologik oqibatlarni kamaytirish asosida
tabiatning musaffoligini saqlash, eng asosiysi cheklangan yer va suv
resurslaridan yanada samarali foydalanish, bu borada xalqaro miqyosida o‘zaro
hamkorlikda faoliyat yurgizishni o‘z ichiga oladi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati
iqtisodiy tizimning
muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan turli
yo‘nalishdagi xizmatlar tufayli barcha tamioq hamda korxonalaming o‘zaro
hamkorligi mustahkamlanadi.
Mustaqillikka
erishilgandan
so‘ng barcha turdagi
infratuzilma
subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash maqsadida davlat
tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvat!ash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr
talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
Mamlakatimizda
bevosita shakllangan ishlab chiqarish va ijtimoiy inffatuzilma subyektlarini
saqlab qolgan holda bozor munosabatlariga xos bo‘lgan inlfatuzilma
subyektlarini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlaming asosiy
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish, inffatuzilma subyektlarini
shakllantirish
va rivojlantirish, olib borilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatini
oshirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
133
www.ziyouz.com kutubxonasi