Ushbu
jadval
ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki,
2008-yilda
mamlakatimiz bo'yicha tayyorlangan yalpi paxta hosilining 99,1 foizi,
g'allaning 79,2 foizi, uzumning 51,5 foizi, poliz mahsulotlarining 47,1 foizi va
mevalaming 46,3
foizi
fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtirilgan.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda esa fermer xo'jaliklarining ulushi
ancha past darajada saqlanib qolmoqda. Masalan, go‘sht ishlab chiqarishda
fermer xo'jaliklarining ulushi 2,5 foiz, sut ishlab chiqarishda esa 2,8 foizni
tashkil etgan. Kelajakda fermer xo‘jaliklarida
chorvachilik mahsulotlari
yetishtirishni yanada ko‘paytirish lozim.
2008-yilda qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotida nodavlat sektoming
ulushi 99,9 foizni tashkil etgan bo‘lib, fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jalik
yalpi mahsulotidagi ulushi 34,5 foizni, dehqon xo'jaliklarining ulushi 63,3
foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi esa 2,2 foizni tashkil etgan.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish,
qishloq aholisini ish bilan ta'minlashda ham o‘mi beqiyosdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi «Oziq-
ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni
ko'paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni
fermer
xo‘jaliklarining faoliyatini har tomonlama kengaytirishda yangi bosqichni
boshlab berdi. Mamlakatimiz aholisi uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat
mahsulotlarini yetishtirishni yanada rivojlantirishda fermer xo‘jaliklari ham
munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi fermer
xo'jaliklarining 47 mingdan ortig‘i paxta va g'allachilikka, 35 mingdan
ko‘prog‘i bog‘dorchilikkka, 5 mingdan ziyodi sabzavot va polizchilikka, qariyb
5,5 mingtasi chorvachilikka, 9 mingdan ortig‘i esa boshqa sohalarga
ixtisoslashgan.
Fermer xo‘jaliklarining rivojlanishida hukumatimiz tomonidan ularga
yaratib berilgan sharoit va turli imtiyozlaming ham ahamiyati katta.
Fermerlarga quyidagi imtiyozlar belgilangan:
- fermer xo‘jaligi tashkil etilgan kundan boshlab ikki yilgacha yagona yer
solig‘idan ozod qilinadi;
- tugatilayotgan shirkatlar o‘mida tashkil etilgan bog'dorchilik va
uzumchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari 5
yil davomida yagona yer
solig‘ini toiashdan ozod etiladi;
- fermer xo‘jaligi faoliyatini Respublika muvofiqlashtirish Kengashining
ruxsatisiz tekshirish ta'qiqlanadi;
- fermer xo‘jaIiklari faoliyatini tekshirish muvofiqlashtirish Kengashining
ruxsati bilan 4 yilda bir marta o‘tkaziladi;
- yangi faoliyat boshlagan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich sarmoya uchun
eng kam ish haqining 300 barobari miqdorida imtiyozli kredit beriladi;
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
- xorijiy texnologiyalami respublikaga olib kirgan fermer xo‘jaliklari bojxona
to‘lovlaridan ozod qilinadi;
- fermer xo‘jaligi tegishli loyihada nazarda tutilgan yemi o‘z hisobidan
o'zlashtirayotgan davrda va yer o‘zlashtirib bo‘lingandan keyin 5 yil davomida
yeming mazkur o‘zlashtirilgan qismi uchun yagona yer solig'i to‘lashdan ozod
qilinadi.
Mamlakatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash
jamg‘armasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur jamg'arma Fermer xo'jaliklari
uyushmasiga a ’zo bo‘lgan fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ba’zi yirik
tijorat banklari orqali 3 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kredit beradi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng 6 oy ichida
tegishli buyurtmanomalar bilan o‘zlariga xizmat
qiluvchi banklarga murojaat
qilishi mumkin. Dastlabki sarmoya uchun beriladigan kreditlaming yillik
ustama foizi imtiyozli bo‘lib, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining
oltidan bir qismi miqdorida belgilangan. Dastlabki sarmoya uchun kredit
fermer xo‘jaliklariga 3 yilgacha bo‘lgan muddatga, eng kam oylik ish haqining
300 baravari miqdorigacha, foizlar to‘lashni 12
oyga kechiktirish va asosiy
qarzni kredit olingandan so'ng 18-24 oy o‘tgach qaytarishni boshlash
shartlarida beriladi.
Mahsulotlami sotish jarayonini yanada takomillashtirish, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklari
birikib, agrofirmalar tashkil etishi va marketing tizimini yo‘lga qo'yishlari
maqsadga muvofiqdir. Bozor talabini chuqur o'rgangan holda mahsulot
yetishtirishni tashkil etishlari lozim. Shunda hamma fermer xo‘jaligi bir xil
mahsulotni yetishtirmaydi va mahsulot taklifi kopayishi
natijasida narxlarning
keskin tushib ketishi oldi olinadi. Bundan tashqari fermer xo‘jaliklari
zamonaviy mini texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishlari lozim va meva-
sabzavotlaming ehtiyojdan ortiqchasi murabbo, konserva yoki boshqa
mahsulotlar ko‘rinishida qayta ishlansa, qishloq xo‘jalik mahsulotlari
nobudgarchiligining
oldi olinadi, fermerlarning daromadi yanada ortadi,
qishloq joylarda yangi ish o'rinlari barpo etiladi.
Surxondaryo viloyatida 2008-yil holatiga yalpi qishloq xo‘jalik
mahsulotlari tarkibida fermer xo‘jaliklarining ulushi 34,8 foizni, dehqon
xo‘jaliklarining ulushi 64,0 foizni va qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi
esa 1,2 foizni tashkil etgan.
2009-yilning
1-yanvar holatiga
Surxondaryo viloyatida
fermer
xo‘jaliklari soni 15103 ta bo‘lib, ularga biriktirilgan umumiy qishloq xo'jaligi
yer maydoni 696908
gektami tashkil etgan, ularda band bo‘lganlar soni
162863 kishini, shundan yollanma ishchilar soni 44639 kishini tashkil etgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi «Fermer
xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish
33
www.ziyouz.com kutubxonasi
choralarini ko'rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus
komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoyishiga muvofiq viloyatdagi fermer
xo‘jaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmi qayta ko'rib chiqildi va
ushbu tadbirdan so‘ng viloyatda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari soni
7458 tani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma'lumotlar 2.3-jadvalda
keltirilgan.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: