tannarxini pasaytirish evaziga olinadigan foyda sununasini ko‘paytirishga
erishish lozim.
Avvalo, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchilaming
asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishdan moddiy va ma'naviy
manfaatdorligini oshirish lozim. Shuningdek, ularda mulkka egalik hissini
shakllantirish
va
mulkdan
samarali foydalanishdan
manfaatdorligini
yuksaltirish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ixtiyoridagi
barcha asosiy va aylanma
fondlardan yil davomida, oqilona hamda samarali foydalanishni ta'minlashga
qaratilgan chora-tadbirlami o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozim.
Shuningdek, korxonalarning joylashishi, ixtisoslashishi va ishlab chiqarish
vositalari bilan ta'minlanganligiga, ular o‘rtasidagi mutanosiblikka alohida
e'tibor berish kerak. Agarda xo‘jaliklar barcha vositalar bilan talab darajasida
yaxshi ta'minlanmagan boisa, bu masalani hal
etish bilan bogiiq tadbirlarni,
yoilam i
aniqlash
zarur.
Jumladan, asosiy
fondlardan
foydalanish
samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli
amalga oshirilishini ta’minlashga doimo e'tibor berish maqsadga muvofiqdir:
•
korxonalaming asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini
yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya'ni qishloq xo'jalik
texnikasi uchun zarur boigan barcha mexanizmlar boiishiga erishish;
•
asosiy vositalaming holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash;
•
zamr bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga erishish,
bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish;
•
sanoat korxonalari yetkazib beradigan qishloq xo‘jalik mashinalari va
texnikalarini
qulay usullarda sotib olish;
•
qishloq xo‘jaligiga fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalami
joriy qilish va hokazo.
Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jalik
ekinlari hosildorligining o‘sishiga, chorva hayvonlari mahsuldorligining
oshishiga, mahsulot sifatining yuksalishiga erishish lozim.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda
quyidagi tadbirlarga
e'tibor berish kerak:
•
qishloq xo‘jaligi
ishlab
chiqarishida
foydalaniladigan aylanma
fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;
•
aylanma fondlami sotib olish tartibini takomillashtirish;
•
aylanma fondlaming optimal tarkibini ta'minlash;
•
aylanma fondlaming aylanish davrini qisqartirish;
•
qishloq xo‘jaligida yetarli darajada mineral o‘g‘itlardan foydalanish;
•
mamlakatimiz mintaqalarida urug‘chilikni yanada rivojlantirish;
•
debitorlik qarzlari ko‘payishining oldini olish;
109
www.ziyouz.com kutubxonasi
•
mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va rag‘batlantirish tizimini
rivojlantirish.
Yuqoridagi tadbirlarga e'tibor berish kelajakda qishloq xo'jaligidagi
asosiy va aylanma fondlardan yil davomida samarali foydalanilishini
ta’minlaydi.
Qisqacha xulosalar
Qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlanishini
yaxshilashda, jonli mehnat sarflari tejalishida, ekinlar hosildorligi,
chorva
hayvonlari mahsuldorligi oshishida, mahsulotlar sifati yaxshilashda asosiy va
aylanma vositalar muhim ahamiyatga ega.
Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish darajasini va
u l a m i n g
iqtisodiy samaradorligi holatini aniqlashda tegishli ko'rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi. Hozirgi davrda asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati,
samaradorligini oshirishga
va qishloq xo‘jalik
korxonalarining ular bilan
ta’minlanganlik darajasini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Ulardan
foydalanish holatini va samaradorligini oshirish uchun xo‘jaliklami bunday
vositalar bilan to‘liq va mutanosib ravishda ta’minlash, asosiy fondlaming
ishga yaroqliligini oshirish, ulardan yil davomida oqilona foydalanishga
erishish, aylanma
fondlardan tejab foydalanish, ulami sotib olish usullarini
takomillashtirish, ulardan unumli foydalanish, moddiy rag‘batlantirishni
takomillashtirish zamr.
Nazorat va muhokama uchun savoUar:
1. Asosiy va aylanma fondlar deganda nimani tushunasiz?
2. Asosiy va aylanma
fondlarning qishloq
xo'jaligidagi
ahamiyati
qanday?
3. Asosiy va aylanma fondlar qanday turkumlanadi?
4. Asosiy va aylanma fondlami barpo etishning qanday manbalarini
bilasiz?
5. Ishlab chiqarish vositalari bozori deganda nimani tushunasiz?
6. Asosiy va aylanma fondlardan
foydalanish darajasini, samaradorligini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash tartibini tushuntirib bering.
7. Asosiy vositalaming eskirish summasi qanday aniqlanadi?
8. Asosiy va aylanma fondlardan to‘liq va samarali foydalanish uchun
qanday masalalarga e'tibor berish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: