agrosanoat majmuasini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan baho
va moliya-kredit
siyosati quyidagi vazifalami yechishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak:
• davlatning iste'mol mollari bilan o‘zini-o‘zi ta'minlashini tezlashtirish;
• qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari baholari o'rtasidagi mutanosiblikni
ta'minlashga erishish;
• qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan darajada rag'batlantirish;
• fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilishda ko‘mak berish;
• jahon bozorlariga erkin chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.
Bozor iqtisodiyotida baho munosabatlari quyidagi tamoyillarga
asoslanishi kerak:
• erkin baholami davlat tomonidan boshqariladigan baholar bilan
uyg‘unlashtirish;
• tovar ishlab chiqaruvchilarning daromad olishlarini ta’minlash;
• ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va samaradorlikni oshirish;
• baho
va
moliya-kredit
munosabatlarining
o‘zaro
aloqasini
optimallashtirish;
• talab va taklif ta'siri natijasida muvozanatli baholami shakllantirish;
•
fan-texnika taraqqiyotini, ilg‘or texnologiyalami rag'batlantirish va
boshqalar.
MaMumki, qishloq xo'jalik korxonalarida yetishtirilgan paxta
xomashyosi « 0 ‘zpaxtasanoatsotish» uyushmasi tomonidan sotib olinmoqda.
Kelgusida paxta xomahyosi bozorini rivojlantirish, mazkur mahsulotlarga
belgilanadigan
baholami liberallashtirish, erkin bozomi shakllantirish va
raqobat muhitini yuzaga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq
xo‘jalik
mahsulotlarining
baholarining
shakllanishini
takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
• qishloq
xo'jaligi
va
sanoat
mahsulotlari
baholari
o‘rtasida
mutanosiblikni ta'minlash;
• tarmoqda yetishtirilayotgan mahsulotlar bozorini rivojlantirish,
erkin
sotish imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozoriga chiqishni rag‘batlantirish;
• qishloq xo'jaligida marketing faoliyatini rivojlantirish;
• qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlovchi inshootlami ko‘paytirish va
ular faoliyatini rivojlantirish.
Ma'lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bir vaqtda pishib yetiladi va
ko‘pgina turlari saqlash va tashish uchun noqulaydir. Shu sababli mahsulot
pishib yetilgan paytda taklif miqdori keskin ortib, ular bahosining past darajada
shakllanishiga olib keladi. Ushbu mahsulotlarni ma’lum
muddat saqlab, keyin
sotish natijasida bahoning maqsadga muvofiq darajada bo'lishiga erishish
236
www.ziyouz.com kutubxonasi
mumkin. Bundan tashqari, mazkur holat aholini yil davomida qishloq xo'jalik
mahsulotlari bilan ta'minlashga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosini
takomillashtirishda qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy
minitexnologiyalarga asoslangan kichik korxonalami barpo etishga alohida
e'tibor berish lozim. Shu orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabni oshirish,
mahsulotlami sotishda erkin bozomi shakllantirish ta'minlanadi va qishloq
hududlarida qo'shimcha ish o ‘rinlari tashkil etishga ham erishiladi.
Shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalarining o‘z mahsulotlarini tashqi bozorda
erkin sotish jarayonini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholari barcha xarajatlami qoplab,
optimal miqdorda foyda olishni ta’minlashi maqsadga muvofiqdir.
Buning
uchun qishloq xo‘jalik korxonalari fan-texnika yutuqlarini, samarali
texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etishlari,
ishchi va xizmatchilarning
bilim va malakalarini hamda tadbirkorlik faoliyatlarini yuksaltirishga erishish
orqali mahsulot sifatini yaxshilash va xarajatlami tejashga erishishlari lozim.
Bunday tartibda shakllangan baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan
bo‘lib, ular o‘z vazifalarini to‘liq bajarishlari mumkin. Shtmday baholargina
tomonlaming manfaatlarini samarali ravishda
qondirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: