I4-BOB.
CHORVACHILIK
TARMOQLARI
VA
ULARNI
RIV O JLANTIRISH YO‘LLARI
14.1.
Chorvachilik
tarmoqlarining
mamlakatimiz
iqtisodiyotidagi
ahamiyati............................................................................................................ 272
14.2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining
hozirgi rivojlanish
holati....................................................................................................................273
14.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida chorvachilik tarmoqlarini
rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar..................................282
14.4. Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish
va samaradorligini
oshirish yo'llari................................................................................................... 285
QISQACHAIZOHLI LUG‘AT...................................................................... 290
ADABIYOTLAR............................................................................................... 297
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog'ining ahamiyati
juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joylarda istiqomat
qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy
bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta
tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq xo'jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan hamda
sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga
ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati
quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini
yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham
mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan
yuksaltirishda agrar sohadagi yutuqlar nihoyatda muhimligini qayd etib,
"Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush
darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning
samaradorligini oshirish, xalqimizni
boqish, istiqbolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani
ko‘rmaylik, ulaming aksariyati birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga borib
laqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha qishloq xo'jaligi
tarmog‘idir”, - deb ta’kidlagan edi.
Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari
talablari darajasida
rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega
bo‘lgan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik
turlari hamda ular o'rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy
asoslarini teranlashtirish,
takomillashtirish, investitsiyalami ko‘proq jalb etib,
fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami ishlab
chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan,
kapital hamda
mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish
yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini
yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish
negizida foyda summasini ko'paytirish yoMlarini asoslangan holda belgilab
olish maqsadga muvoftqdir. Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini
yaratishda,
rivojlantirishda, ulami ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq
xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zamr.
Yuqoridagi masalalaming erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qonun-
qoidalarini, barcha munosabatlaming mohiyatini, sabab va oqibatlarini,
tushunchalarini, ulaming qishloq xo‘jaligida qay darajada, qanday shaklda amal
qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yo'llarini «Qishloq xo'jaligi
iqtisodiyoti» fani o‘rganadi.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlaming
yo‘nalishlari,
ahamiyati
hamda
mazmunini
yoritishda
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar,
Prezidentimiz
I.A.Karimovning asarlariga asoslanish, mamlakatimizda 2008-2012-yillarga
moijallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va ”Qishloq
taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturlaridan ham foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Bundan tashqari mazkur o‘quv qoilanmada qishloq xo‘jaligidagi
iqtisodiy munosabatlaming mazmun va mohiyatini Qishloq va suv xo'jaligi
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, fermerlar uyushmasi
va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi alohida korxonalar
ma'lumotlaridan foydalanib, jadvallar,
diagrammalar, grafiklar yordamida
yoritishga e’tibor berildi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablari va Oliy va
o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida
tayyorlangan mazkur o‘quv qoilanmada o‘qitishning zamonaviy, innovatsion
texnologik xususiyatlarini hisobga olib, har bir bobning qisqacha mazmuni
bayon etilgan, nazorat va muhokama uchun savollar, mavzu bo‘yicha
tavsiya
etiladigan asosiy adabiyotlar ro‘yxati hamda har bir bobdan keyin shu
mavzudagi ma'ruza darsining texnologik xaritasi keltirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi