Reja: Oziq ovqat mahsulotlari rivojlantirish va aholin I sifatli oziq ovqat mahsulotlari bilan to’laqonli taminlashga doir chora tadbirlar to’G’risida qonunlar



Download 32,35 Kb.
bet1/8
Sana18.01.2022
Hajmi32,35 Kb.
#384931
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Metrologiya


Reja:

  1. Oziq ovqat mahsulotlaRI RIVOJLANTIRISH VA AHOLIN I SIFATLI OZIQ OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TO’LAQONLI TAMINLASHGA DOIR CHORA TADBIRLAR TO’G’RISIDA QONUNLAR



  1. oZIQ OVQAT MAHSULOTLARI SIFATLARINI ULCHASH USULLARI



  1. oZIQ OVQAT MAHSULOTLARIGA QUYILADIGAN STANDART TALABLAR

RESPUBLIKA OZIQ-OVQAT SANOATINI JADAL RIVOJLANTIRISH HAMDA AHOLINI SIFATLI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TO‘LAQONLI TA’MINLASHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ko‘rilgan choralar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti 2017-yilga nisbatan 2019-yilda 2 baravarga ko‘payishiga, yiliga 10 million tonnadan ortiq sabzavot, 17 million tonnadan ortiq boshqa dehqonchilik mahsulotlari va 2,5 million tonna go‘sht yetishtirishga erishildi.

Shu bilan birga, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar orasida o‘zaro munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va yangi bozorlarni ochishda to‘sqinlik qilmoqda.

Meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro sifat standartlari asosida qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida:

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:

meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;

mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;

meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish;

oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri chet investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;

zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish.

2. Mazkur qarorga asosan yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 ta shtat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etilsin;

vazir o‘rinbosari — Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy qilinsin.

Bunda, Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasining 8 ta shtat birligi qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish hisobiga shakllantiriladi.

3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning qo‘shimcha yo‘nalishlari etib belgilansin:

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;

oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tartibi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” XKning:

“O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish;

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamg‘armasining tugatish yakunlariga ko‘ra qoldiq mablag‘larini Jamg‘armaga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

6. “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

7. Moliya vazirligi sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish uchun Hukumat kafolati ostida jalb etilgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar oldidagi tugatilayotgan “O‘zbekoziqovqatxolding” XKning qarz mablag‘larini grafik bo‘yicha to‘lab borilishini ta’minlasin.

8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:

oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larining keng jalb qilinishini;

xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini ta’minlasin.

9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarining “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)” hamda “5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rsin.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi:

bir oy muddatda tegishli ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar)da soha bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyotlarini o‘tash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirsin;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar oziq-ovqat texnologiyalari sohasida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi korxona, tashkilotlar va muassasalar bilan talabalarning amaliyotlarini o‘tash yuzasidan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

10. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:

a) Bosh vazir o‘rinbosari O‘. Barnoyev:

bir hafta muddatda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir bo‘lgan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali nomzod bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin;

bir oy muddatda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha tumanlarning diversifikatsiyalanishini ta’minlasin;

b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev):

bir oy muddatda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

bir oy muddatda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasini tanlov asosida zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega zamonaviy menejment va marketing usullarini egallagan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) hamda Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov) bilan birgalikda uch oy muddatda oziq-ovqat sanoatida import qilinayotgan tovarlar turi, tasnifi, miqdori, narxi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalar bo‘yicha doimiy yangilanib boradigan ma’lumotlar bazasini yaratsin va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirsin;

v) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) hamda Moliya vazirligi (Ishmetov) bilan birgalikda:

uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish, savdo-logistika hamda saqlash markazlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2021-yil 1-yanvarga qadar respublikada qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlariga mavjud ichki talabni hisobga olgan holda 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan sanoatbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2021-yil 1-martga qadar meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni jadal rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;

g) Bosh vazir o‘rinbosari S. Umurzoqov qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ularning eksport hajmlarini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin;

d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari bir oy muddatda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan xolda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini aniqlasin va loyihalarni ishga tushirish uchun doimiy amaliy yordam ko‘rsatib borsin;

e) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda qarorda belgilangan tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.


Download 32,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish